Zlatan Ibragimovichning o‘g‘li Maksimilian "Milan"da o‘ynaydi - tabiiyki, kattalar jamoasida emas, hozircha yoshlar jamoasida. Uning otasi bu yangilikdan juda mamnun.
— Ota sifatida men juda faxrlanaman. Maksimilianni oldinda uzoq yo‘l kutib turibdi. Futbolda mening ismimni ko‘tarib yurish katta mas’uliyatdir, lekin u allaqachon bosimga dosh bera olishini, to‘g‘ri mentalitetga ega ekanligini isbotlab bo‘ldi va bu hozir eng muhimi", - dedi Zlatan.
Italiya chempionatining yangi mavsumi 17 avgust kuni boshlanadi.