"Manchester Siti" vingeri Savio uzoq vaqtdan beri klub muvaffaqiyatini kuzatib kelayotganini aytdi.
20 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumni "Jirona"da muvaffaqiyatli o‘tkazdi. U asli Fransiyaning "Trua" klubiga tegishli edi. Iyul oyida braziliyalik futbolchini "Manchester Siti" sotib oldi - transfer Angliya chempioniga 25 million yevroga tushdi.
"Men bolaligimdan beri "Manchester Siti"ni uzoq vaqt kuzatib kelganman. Gvardiola boshchiligida jamoa qanday rivojlanganiga guvoh bo‘ldim", - dedi "shaharliklar" yangi futbolchisi.