Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyodan kutilmagan qaror: u “Real”ga yulduzlarni olib kelmoqchi emas

Mourinyodan kutilmagan qaror: u “Real”ga yulduzlarni olib kelmoqchi emas

Baho:
+ | -

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyo “Real Madrid”ga qanday futbolchilarni jalb qilish bo‘yicha bir qarorga keldi.

Diario AS nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis Madrid klubi rahbariyatiga tarkibni kuchaytirish uchun yulduz futbolchilarni sotib olishdan manfaatdor emasligini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, Mourinyo maydonda ko‘p mehnat qilishga tayyor, jangovarlik xislatlarini namoyish eta oladigan va yaqqol namoyon bo‘luvchi xudbinlikdan (egodan) xoli bo‘lgan “och” futbolchilarni jalb qilishni talab qilmoqda.

Murabbiy jamoada yuqori motivasiya va jamoaviy ruhga ega bo‘lgan, o‘zining intensiv futbol borasidagi talablariga to‘liq javob bera oladigan o‘yinchilarni ko‘rmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2010 yilning iyulidan 2013 yilning iyuniga qadar ham “Real” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Portugaliyalik mutaxassis “qirollik klubi”ni tark etganidan keyin “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”, “Roma”, “Fenerbahche” va “Benfika” kabi jamoalarni boshqardi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:52, 31.05.2026.
O'qildi: 1970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик