Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

O‘zbekiston kubogi. Yarim finalga 15 avgust kuni qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

15 avgust kuni O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv "Bunyodkor" va "Paxtakor" klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yindan so‘ng musobaqaning yarim final bosqichi uchun qur’a tashlanadi.

Shu kuni Superliga 16-turidan o‘rin olgan ikki uchrashuv ham o‘tkaziladi. "Sport-TV" soat 20:15 dan boshlab "Olimpik" — "So‘g‘diyona" bellashuvini jonli efirga olib chiqadi. Aynan shu uchrashuv yakuniga yetgach, navbat kubok qur’asiga beriladi.

Ma’lumot uchun, yarim finalning ikki bellashuvi avgust oyi oxirida, aniqrog‘i, Superliga 17-turi yakuniga yetganidan so‘ng o‘tkaziladi. Ishchi reja sifatida 28-29 avgust sanalari tanlab olingan. Yarim final juftliklaridan kelib chiqib, o‘yinlar aynan qaysi sanada bo‘lib o‘tishiga oydinlik kiritiladi.

Reglamentga ko‘ra, chorak finalni safarda o‘tkazib g‘olib chiqqan jamoalarda yarim finalni o‘z maydonida qabul qilish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Hozirga kelib, "Surxon" klubining yarim final bosqichini safarda o‘tkazishi aniq bo‘lib ulgurgan. Agar, "Bunyodkor" klubi ham yarim finalga yo‘l olsa, u holda "qaldirg‘ochlar" ham final yo‘llanmasi uchun safarda kurash olib borishiga to‘g‘ri keladi. O‘z-o‘zidan "Navbahor" va "Andijon" final oldidan o‘z maydonida o‘yin o‘tkazadi. Chorak finalning so‘nggi o‘yinida "Paxtakor" klubining qo‘li baland kelsa, u holda yarim finalni o‘z maydonida qabul qilish uchun haqli klublar soni 3 tani tashkil qiladi. Bu holatda "Navbahor", "Andijon" va "Paxtakor" klublaridan qay birining yarim finalni safarda o‘tkazishi masalasiga qur’a oydinlik kiritib beradi.

Kiritildi: 13:50, 08.08.2024.
O'qildi: 1593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик