Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Alkaras Sinsinnatida dastxat qo‘yish marosimini o‘tkazdi

Alkaras Sinsinnatida dastxat qo‘yish marosimini o‘tkazdi

Baho:
+ | -

"Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlarning to‘rt karra g‘olibi, dunyoning uchinchi raketkasi, ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras Sinsinnatidagi (AQSH) "Masters" turniri boshlanishi oldidan dastxat qo‘yish marosimini o‘tkazdi.

U imzo qo‘yish chog‘ida bolalarni navbatda surib chiqarishga urinayotgan katta yoshli muxlislarga murojaat qildi.

"Oldinda bolalar bor, turtmanglar, xo‘pmi?" - dedi o‘tgan yili Sinsinnatidagi musobaqa finalchisi muxlislarga qarata.

2024 yilgi Olimpiada kumush medali sovrindori 21 yoshli Karlos Alkaras Sinsinnatidagi turnirni ikkinchi davradan boshlaydi.

1/16 finalda u dunyoning 30-raketkasi avstraliyalik Aleksey Popirin va fransiyalik Gael Monfils o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan o‘ynaydi.

Sovrin jamg‘armasi 6 795 555 dollar bo‘lgan "Masters" musobaqasi 12-19 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Sinsinnatidagi amaldagi chempionlik unvoni serbiyalik Novak Jokovichga tegishli.

Kiritildi: 18:44, 13.08.2024.
O'qildi: 589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик