Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Superliga. “Navbahor” “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. “Navbahor” “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan uchrashuv 19 avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Navbahor” o‘z maydonida “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Andriya Filipovich hisobni ochdi. 18-daqiqada esa Jamshid Iskanderov muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida kechdi.

Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar nisbatan faolroq o‘ynab, 60-daqiqaga kelib penalti ishlab oldi. Temurxo‘ja Abduxoliqov ushbu penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 70-daqiqada esa “Bunyodkor” futbolchisi Boburbek Yo‘ldoshev qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Asosiy daqiqalar yakuniga yetgach, hakam o‘yinga 12 daqiqa qo‘shib berdi. 102-daqiqada esa namanganliklar penalti ishlab oldi. Jamshid Iskanderov ushbu 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

Superliga, 16-tur
19 avgust, dushanba
“Navbahor” — “Bunyodkor” 2:2
Gollar: Andriya Filipovich, 9 (0:1), Jamshid Iskanderov, 18 (1:1), Temurxo‘ja Abduxoliqov, 60 pen (1:2), Jamshid Iskanderov, 90+12 pen (2:2).
“Navbahor”: 35. Sanjar Quvvatov,  8. Siyavash Haqnazari (17. Ruslan Jiyanov, 78), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev (12. Saidazamat Mirsaidov, 78), 21. Giorgi Nikabadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farrux Sayfiyev, 55. Komil Tojiddinov (71. Navro‘zbek Iminjonov, 82), 77. Abror Ismoilov.
“Bunyodkor”: 1. Marin Lyubich, 4. Najmiddin Normurodov, 6. Boburbek Yo‘ldoshev, 7. Shahboz Jo‘rabekov, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov (74. Luis Kachorri, 80), 22. Usmonali Ismonaliyev, 23. Asadbek Rahimjonov, 25. Isuki Urata, 41. Andriya Filipovich (66. Azizbek To‘lqinbekov, 73), 57. Amir To‘raqulov (10. Rasul Yo‘ldoshev, 80), 77. Muzaffar Olimjonov (8. Frane Chiryak, 73).
Ogohlantirishlar: Muzaffar Olimjonov (2), Filip Ivanovich (59), Andriya Filipovich (62), Siyavash Haqnazari (77).
Chetlatish: Boburbek Yo‘ldoshev (70).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:10, 19.08.2024.
O'qildi: 2197 marta.
Fikrlar: 55 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик