Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Stefan Baychetich: «O‘ylaymanki, hayotimdagi eng og‘ir mavsum ortda qoldi...»

Stefan Baychetich: «O‘ylaymanki, hayotimdagi eng og‘ir mavsum ortda qoldi...»

Baho:
+ | -

O‘tgan mavsum «Liverpul»ning ispaniyalik yarim himoyachisi Stefan Baychetich uchun yaxshi kelmadi.

Binobarin, iqtidori baland futbolchi butun mavsum davomida atigi 3ta o‘yinda ko‘rinish berdi. Bunga futbolchilarning eng ashaddiy dushmani - jarohat sabab bo‘ldi. Mana, hozirda «qizillar»ning yangi bosh murabbiyi Arne Slot 19 yoshli yigitchaga yetarlicha imkon bermoqda. Klub matbuot xizmati vakillari yaqinda Baychetichni alohida suhbatga tortib, u bilan mavsum­oldi tayyorgarlik jarayoni va jarohatdan ke­yingi holati xususida gaplashishdi.

- Stefan, sizni yana maydonda ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Mavsumoldi yig‘inlari qanday davom etmoqda?

- Hammasi yaxshi. Shubhasiz, yangi murabbiylar shtabi bilan ishlash qiziqarli. Qolaversa, faoliyatimda ilk marta Amerika safariga chiqdim. Hozirda mavsum bizga nimalar tortiq etishini bilishga mushtoqman, oddiy aytganda, startni kutishga sabrim chidamayapti, to‘g‘risi. Aytgancha, yoshligimda Dallasda tashkil etilgan turnirda qatnashganman, lekin hech qachon AQSHga ta’til uchun yoki boshqa yumush bilan bormagandim. Yoqimli safar.

- O‘tgan mavsum siz uchun juda omadsiz keldi. Jarohat o‘ynashga imkon bermagan vaqt qanchalik qiynaldingiz?

- Bunga chidash juda qiyin. To‘g‘risi, butun hayotimda bunday og‘ir davrga yuz tutmagandim. Ham ruhiy va ham jismoniy tomondan. Mana, buni boshdan kechirdim va barchasi yanada kuchliroq bo‘lishga undadi. Qaytaraman, rasmiy o‘yinlarda maydonga qaytish onlarini intiqlik bilan kutyapman. Shu ma’noda yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish jarayonidan shunchaki, zavqlanyapman.

- Psixologiya haqida gapirdingiz. Ko‘pincha futbolchilar uzoq muddat chetda qolish aynan ruhiy jihatdan kuchli zarba ekanligini aytishadi... 

- Xuddi shunday. Har hafta dam olish kunlari maydonga tushadigan, mashg‘ulotlarda ter to‘kib ishlaydigan jamoadoshlarni chetdan kuzatish oson emas. Har safar jarayonga qaraganingizda, beixtiyor maydonga tushishni xohlaysiz, ammo buning iloji yo‘qligini o‘ylab, ruhan ezilasiz. Qisqasi, shifokorlarning muayyan ko‘rsatmalariga amal qilishingiz shart, qo‘lingizdan boshqa hech narsa kelmaydi. Bu darhaqiqat, og‘ir holat. 

- Hozir o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Yaxshi, juda yaxshi. Bunday uzoq tanaffusdan so‘ng avvalgi ritmga kirish qiyin, ammo mavsumoldi mashg‘ulotlari mohiyati ham shunda. Qisqasi, asta-sekin sport formasini tiklayapman. Mavsum startiga qadar yanada ko‘proq ter to‘kib, yaxshi ritmga tushib olishdan umidvorman.

- Arne Slot sizdan qaysi pozisiyada foydalanishini aytdimi?

- Hozirda eng muhimi - tezroq sport formasiga kirishim. Asosiy masala shu. Ayni mashg‘ulotlarda yangi bosh murabbiy ko‘zlayotgan tizim va o‘yin uslubini o‘zlashtirishga urinyapman. Har bir imkoniyatdan maksimal darajada foydalanish uchun o‘z ustimda jiddiy ishlashim kerak. Yangi murabbiy mashg‘ulotlarni o‘ziga xos elementlar bilan boyitmoqda, unda shaxsiy qarashlari, g‘oyalari bor, albatta. Shunday ekan, turli chizmalarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Mashg‘ulotlarda intensivlik yuqori, ayniqsa, dastlabki haftalarda ancha qiynaldik, hozir esa barchasiga ko‘nikib ulgurdik.

- Nihoyat, oxirgi savol: sizni stol tennisi qiroli sifatida ta’riflashmoqda, darhaqiqat, shundaymi?

- Ha, faqat omadim kelgan kunlarda. Bizda Gordon ham yaxshi o‘ynaydi, yana bir qator yigitlar jiddiy qarshilik ko‘rsata olishadi. Oldin stol tennisida yaxshiroq o‘ynardim, lekin jarohat bu borada ham nimalarnidir «o‘g‘irladi». Umid qilamanki, ularni qaytara olaman. 

 MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:26, 20.08.2024.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.