Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Saudiya chempionati: TOPlarga jiddiy raqobatchi

Saudiya chempionati: TOPlarga jiddiy raqobatchi

Baho:
+ | -

Saudiya Pro-ligasida quyi divizionga tushib ketgan 3ta jamoa o‘rnini 1-ligadagi sovrindor uchlik vakillari to‘ldirishdi.

Ular orasida mavsumni o‘z ta’qibchilaridan sezilarli darajada o‘zib ketgan «Al-Qodisiya» klubiga e’tibor kuchli. Boisi, jamoa yangi mavsumda Kun Kastels, Nacho va Pyer-Emerik Obameyang kabi afsonalar bilan maydonga tushadi.

O‘ta noyob klub: Osiyo Kubogida bir marta qatnashdi va zafar quchdi!

1960 yildan tashkil etilgan klub sovrinlarga boy emas. Lekin arab davlatlari o‘rtasidagi turnirlarni hisobga olmaganda, 1990-yillarda Saudiya Arabistoni Kubogini qo‘lga kiritib, ilk marta qit’aning klublar o‘rtasidagi musobaqasi, ya’ni, Osiyo Kubok egalari Kubogida ishtirok etdi. Buni qarang­ki, o‘shanda «Al-Qodisiya» 3 raunddan iborat turnirni o‘z foydasiga hal qildi. Biroq 100 foizli ko‘rsatkich: yagona turnirda yagona sovrin.

2000-yillarda jamoa muntazam ravishda Pro-ligada o‘rtamiyona darajada to‘p surgandi. Lekin 2021 yilda elitani tark etdi va 2 yil 1-ligada ham yuqori o‘rinlarga ko‘tarila olmadi. Nihoyat, 2023|24 yillar mavsumida jamoa g‘olib maqomida elitaga qaytdi. 

«Al-Qodisiya» - nomdor o‘yinchilari bor klub. Endi Nacho, Obameyang va Kastels ham bor

Yulduzlarning yalpi xaridiga qadar jamoa boshqa klublar qatori ulkan transferlarni amalga oshirmagan, lekin 2023|24 yillar mavsumi arafasida nisbatan taniqli futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Masalan, OCHL finalchisi Lusiano Vyetto, Amerika Kubogi turnirining 3 karra sovrindori Andre Karrilyo, «Vilyarreal» va «Marsel»ning sobiq himoyachisi Alvaro Gonsaleslar shular jumlasidan. Shuningdek, «Atletiko»ning sobiq darvozaboni Xoel Robles, bundan avval Turkiya Superligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan va mavsumda 26ta gol urgan Mbaye Dianlar jamoaning Pro-ligaga ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shdilar. Va albatta, mazkur muvaffaqiyatga jamoa «Real» afsonasi Michel rahbarligida erishdi. Undan avval «Al-Qodisiya»ni Robbi Fauler boshqargan, biroq faoliyati uzoqqa cho‘zilmagandi. Yozda Joze Mourinyo kelishi haqida xabarlar tarqaldi, lekin «Benazir» «Fenerbaxche»da ishlashni afzal ko‘rdi.

Avvallari klub har bir transfer darchasida 2 mln. yevrodan ko‘p mablag‘ sarflamagan bo‘lsa, hozir 22,8 mln. yevrodan voz kechdi: 13,8 mln.ga 27 yoshli kolumbiyalik Xulian Kinyones, 9 mln.ga esa Pyer-Emerik Obameyang xarid qilindi.

3 nafar nomdor debyutantlar - Kun Kastels («Volfsburg»), Naitan Nandes («Kalyari») va Nacho Fernandes («Real) erkin agent maqomida tarkibdan joy oldilar.

Mablag‘ yirik kompaniyadan keldi

Bir yil avval «Al-Qodisiya» Saudi Arambo milliy neft kompaniyasi tasarrufiga o‘tdi. Aksiyalarning 82 foizi mamlakat hukumatiga tegishli. 2023 yilda sof foyda miqdori 25 foizga kamayib ketdi, lekin shunga qaramasdan, 121 mlrd. dollardan ko‘proq bo‘ldi. Undan avvalgi yilda esa rekord (161 mlrd.) qayd etilgandi.

«Fortune»ning 2023 yildagi reytingi bo‘yicha «Arambo» foydaning miqdoriga ko‘ra «Walmart»dan keyingi 2, badavlat kompaniya. Shu yilning bahorida kompaniya FIFA bilan 4 yillik shartnomani imzoladi - erkaklar o‘rtasidagi JCH-2026 va ayollar o‘rtasidagi JCH-2027 turnirlari homiyligini o‘z zimmasiga oldi.

«Al-Qodisiya» «Arambo» tasarrufiga kompaniya «Al-Hilol», «Al-Nasr», «Al-Ittihod» va «Al-Ahli» klublarini xarid qilganda o‘tdi. U investisiyalar evaziga klub nazoratiga ega bo‘ldi.

Biroq  futboldagi rivojlanish «Al-Qodisiya»dagi yo‘nalishlarning biri. Yulduz o‘yinchilar transferlari bilan klub Jeyms Bisgrouvni ijrochi direktor lavozimiga olib keldi. Bunga qadar mutaxassis «Reynjers»da faoliyat yuritgan va UYEFA uchun homiylik kontraktlari bilan shug‘ullangandi.

Bisgrouvning tajribasi arablarga «2030ni his etish» loyihasida qo‘l keladi - futbolga shunchaki, sarmoya kiritish emas, futboldagi daromadni ko‘paytirish kerak. Yakunda daromad yiliga 400 mln. yevroga ko‘tarilishi lozim. «Al-Qodisiya» va Saudiyaning boshqa klublari rejalari yangi homiylarni jalb etishga qaratilgan.

Qani ko‘raylikchi, klub yashil maydonda va uning tash­qarisida nomdor grandlarga Oliy ligadagi debyut mavsumida qanday raqobat ko‘rsata olarkin?

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:00, 21.08.2024.
O'qildi: 1502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.