"Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq darvozaboni Klaudio Bravo klublar o‘rtasidagi farqni tushuntirib berdi.
Chililik futbolchi 2014 yildan 2016 yilgacha kataloniyaliklar safida o‘ynagan va keyingi to‘rt yil davomida "shaharliklar" sharafini himoya qilgan.
“Men har doim aytganman, “Barselona” kichik klubdek ishlaydi. "Barselona"ning global miqyosdagi buyukligi shunchaki ulkan, lekin ichki ko‘lami, aksincha, kichik. Siz doimo bir xil yuzlarni ko‘rasiz: bir xil o‘yinchilar, bir xil xodimlar, uch yoki to‘rtta qo‘riqchi, oshpaz - va bo‘ldi.
Agar "Manchester Siti"ning ichki tuzilishi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu aql bovar qilmaydi. Bu cheksiz resurslar. Klub o‘yinchilar hech narsaga muhtoj bo‘lmasliklari va eng yaxshi tarzda rivojlanishi uchun kadrlarni kamaytirmaydi. U yerda eng yaxshi fizioterapevtlar, eng yaxshi fitnes-trenerlar ishlaydi - va faqat bitta emas, ikki yoki uchta. Tibbiy zonada beshta, ikki yoki uchta shifokor va yigirmata nosilka bor”, — deya Bravo so‘zlarini keltirgan Ispaniya OAV.