Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Qirg‘iziston terma jamoasi futbolchisi jamoadoshining jag‘ini sindirgani uchun 5 yilga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

Qirg‘iziston milliy terma jamoasi futbolchisi Mirbek Axmataliyev jamoadoshi bilan mushtlashgani uchun 5 yilga diskvalifikasiya qilindi.

Bunday qaror Qirg‘iziston futbol ittifoqi (QFI) tomonidan qabul qilindi, deb xabar beradi AKIpress.

15 avgust kuni Bishkekdagi "Selmash" stadionida "Muras Yunayted" jamoasi mashg‘ulotlari vaqtida jamoa futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Klub legioneri Yevgeniy Terzi jag‘ini sindirib oldi. Bunda Mirbek Axmataliyev aybdor deb topildi va klub uning shartnomasini bekor qilishga qaror qildi.

Uyushmaning tartib-intizom qo‘mitasi Axmataliyevni besh yilga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirishga qaror qildi.

Bu holat tufayli klub murabbiylar shtabi va sport direktori ham ishdan bo‘shatildi.

30 yoshli Axmataliyev Qirg‘iziston terma jamoasida 2016 yilda debyut qilgan.

Kiritildi: 16:36, 26.08.2024.
O'qildi: 1895 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик