Yaqinda niderlandiyalik himoyachi Matteys de Ligt "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi.
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Angliyaga ko‘chib o‘tdi.
Myunxenning sobiq yulduzi Lotar Matteus futbolchini sotgan "Bavariya"ni tanqid qildi.
"Himoya “Bavariya”ning eng muhim qismi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. De Ligt so‘nggi ikki yildagi eng barqaror himoyachi bo‘lishiga qaramay sotildi.
U himoya chizig‘ining yetakchisi edi. Endi "Bavariya" yana David Alaba o‘rniga o‘rinbosar qidirmoqda. Yetakchining yo‘qligi men uchun uyat”, — dedi Matteus.