"Feyenoord" - "Ayaks" uchrashuvi 30 oktyabrga ko‘chirildi.
Rotterdam munisipaliteti bilan maslahatlashganidan so‘ng shunday qaror qabul qilindi.
Dastlab Niderlandiya chempionatining 4-tur o‘yini yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi.
Shahar meri Ahmad Aboutaleb 1 sentyabr kuni polisiya kasaba uyushmasi ish tashlashi sababli o‘yinni taqiqlagan edi.
Huquq-tartibot idoralari vakillari erta nafaqaga chiqish uchun sharoitlarni yaxshilashni istab, o‘yin kuni ishlashdan bosh tortdilar.