Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yunus Mussa: «Agar Xudoni tanimaganimda bugungi joyimda bo‘lolmasdim»

Yunus Mussa: «Agar Xudoni tanimaganimda bugungi joyimda bo‘lolmasdim»

Baho:
+ | -

Joriy mavsumdan «Milan»ning asosiy markaziy himoya uchligiga da’vo qila boshlagan Yunus Musa The Athletic nashriga intervyu berdi.

 Unda 21 yoshli amerikalik «sayyoh futbolchi» hayoti, o‘tmishdagi klublari, maqsadlari va boshqa bir qator qiziqarli savollarga javob berdi.

- Sizdagi «sayohat»ga o‘chlik qayerdan paydo bo‘lgan?

- Ehtimol, otamdan meros qilib olgandirman. U ham 16 yoshida uyini tashlab chiqib ketgan va bu haqda menga ko‘p hikoyalar aytib beradi. O‘z navbatida, bu meni juda ilhomlantiradi. Hozir biz Yevropada ajoyib hayotga egamiz. Shunday ekan, unga rahmat aytaman, u muhtojlikdan ko‘p narsani boshidan kechirdi. Va buning yagona sababi bugungi kunga yetishimiz bo‘lgan.

- U sizga nimalar aytib berardi?

- Asosan muhojirlar haqida hikoya qilib berardi. U ko‘p narsalarni qilishga majbur bo‘lgan - masalan, Italiyada bo‘lganida, mashinalarda va hatto ko‘chada uxlab qolardi. Ishga velosipedda borib kelish uchun to‘rt soat vaqti ketgan. Keyin motosiklga, keyin esa mashinaga o‘tdi. Bularning barchasi men tug‘ilishimdan oldin bo‘lgan. Ammo bular menda undan minnatdor bo‘lish hissini uyg‘otadi. Ayrim vaziyatlarda shularni o‘ylasam, kibrdan qochishimga yordam beradi. Axir, otangiz shunday kunlarni boshdan kechirganida, qanday qilib mayda-chuyda narsalardan shikoyat qilish mumkin? Bu narsa ko‘zingizni ochadi. Men juda minnatdorman.

- Zlatan Ibragimovich yonida bo‘lish qanday?

- U doimo ko‘z oldimizda. Bu yoqimli. U biz bilan muloqot qilish uchun tez-tez yogimizga keladi, u ajoyib ustoz. Zlatanning qanchalik talabchan ekanligini va sizni qanday qilib oldinga siljitishini hamma biladi. U shunday deydi: «Biz «Milan»damiz, shuning uchun g‘alaba qozonishimiz shart. Faqat ba’zi o‘yinlarda g‘alaba qozonish yetarli emas. Hamma bu klubga o‘tishni xohlaydi, shuning uchun bu yerda hech kimga joy kafolatlanmaydi». Shunday g‘oyalar bizni yaxshi holatda saqlaydi.

- Shaxsiy maqsadlaringiz qanday?

- Iloji boricha ko‘proq o‘yin o‘ynashni, gollar urishni xohlayman - men faqat ijobiy narsalarni xohlayman. Har mavsumni ambisiya bilan, qaysi jihatlarni yaxshilashni aniq belgilab boshlaysiz. Unvonlar ham men uchun muhimdir.

- Fonseka bilan qanday ishlayapsiz?

- U bizga juda ko‘p ma’lumot beradi. Men ko‘p narsalarni o‘rganyapman, u menga jismoniy tayyorgarlikda, to‘pni qabul qilishda, markaziy himoyachilar bilan aloqa o‘rnatishda va shunchaki to‘p bilan yarim himoyachi sifatida ishlashimga yordam bermoqda.

- Siz ketishingiz mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi...

- Bu mavsumda o‘zimni shu yerda ko‘ryapman, chunki murabbiy meni haydamadi (kuladi). Shunday ekan, men bu yerda qolaman va ko‘plab vaqtimni maydonda o‘tkazish va jamoaga foydali bo‘lish uchun juda ko‘p ishlashni xohlayman.

- Ota-onangiz futbolchi bo‘lishingizni xohlashganmi?

- Yo‘q. Ular shunchaki yaxshi ta’lim olishimni xohlashdi. Chunki o‘zlari o‘qishmagan. Shuning uchun ular mening yaxshi ish topishimga yordam beradigan ma’lumotga ega bo‘lishimni xohlashdi. Men futbol ham o‘ynardim, chunki bu menga yoqardi. Keyin, vaziyat jiddiylashganda, ular buni amalga oshirish mumkinligini ko‘rishdi va o‘zlari meni futbolchi bo‘lishga undashdi.

- Sizning oilangiz musulmonlardir. Muvaffaqiyatingizni iymoningiz bilan bog‘laysizmi?

- Albatta, bu katta rol o‘ynaydi. Ishonamanki, men agar Xudoni tanimaganimda bugungi joyimda bo‘lolmasdim. Chunki millionlab odamlar ko‘p mehnat qilishadi, lekin ular mendan ham ko‘proq ishlasalar ham, yetarlicha muvaffaqiyatga erishishlari mumkin emas. Ularning o‘z yo‘llari bor. Bu esa mening yo‘lim va men buning uchun Undan minnatdorman.

- «Arsenal»da davringizni qanday eslaysiz?

- Boshqa futbolchilar mendan kuchliroq edilar. Ular allaqachon u yerda asosiy kuch bilan o‘ynashgan va texnik jihatdan mendan qobiliyatliroq edilar. Oxir-oqibat men ham eng yaxshilaridan biriga aylandim. Bukayo (Saka) hozir akademiya darajasida qilgan ishini bajaryapti va hatto yaxshiroq eplayapti, garchi kattalar darajasida bu qiyin bo‘lsa ham. Farqi shundaki, u yoshligida o‘ng qanotda o‘ynamagan. U chap qanot himoyachisi va vingeri rolida o‘ynagan. Bu juda ta’sirli. Bukayo ancha yaxshilandi, bundan aqldan ozish mumkin. Ba’zan o‘yinchilar yoshlar jamoalarida yaxshiroq o‘ynashlarini ko‘rasiz, chunki bu osonroq. Ammo u aslida kattalar futbolida yaxshiroq o‘ynaydi. Hozir u yanada ko‘proq ajralib turadi.

- Siz Koul Palmer, Jud Bellingem va Jamol Musialalar zaxira o‘rindig‘ida o‘tirgan paytda 15 yoshgacha bo‘lgan Angliya terma jamoa­si sardori edingiz...

- Ular erishgan darajadan hayratlanmayman. Uchchalasi ham meni hayratda qoldirdi, lekin o‘yin darajasi bo‘yicha emas, balki ularning bo‘yi ancha o‘sdi. Ilgari ular past bo‘yli futbolchilar edilar, endi esa hammalari mendan balandroq. Ammo, o‘yin nuqtai nazaridan men ulardan umuman ajablanmayman. Chunki bugungi darajasini oldindan kutgandim.

- 16 yoshingizda «Arsenal»dan «Valensiya»ga ketdingiz. Nima uchun?

- Men shunchaki ehtiros va maqsadlarimga ergashdim. O‘zimga ishonardim. Xudoga ishonaman - bularning barchasi birgalikda menga katta qarorlar qabul qilishim mumkinligiga undaydi. O‘shanda 16 yoshda edim, hech bo‘lmaganda asosiy jamoada mashq qilishni boshlashim mumkinligini his qildim. «Arsenal»da bunday imkoniyatga ega bo‘lishim dargumon edi. Shunday ekan, men yuqori darajadagi imkoniyatga ega bo‘lish uchun har qanday joyga borishga tayyor edim. Men: «Ha, yaxshi, men bu qarorni qabul qilaman», deb o‘yladim. Va u darhol natija beradimi yoki yo‘q, u mening foydamga ishlamaguncha, unga yopishib olaveraman. Va xayriyatki, bu oxir-oqibat amalga oshdi.

- Klublar orasida katta tanlovingiz bo‘lganmi?

- Variantlar juda ko‘p bo‘lgan. Har qanday ingliz klubiga borishim mumkin edi, lekin «Valensiya» men uchun eng yaxshi variant, deb o‘yladim. Ular ko‘plab yosh futbolchilarni o‘ynatib yuborishdi, ishonchli loyihaga ega edilar. Va men ham u yerga borganimdan juda xursandman. Bu ajoyib edi.

- AQSH terma jamoasining Amerika Kubogidagi natijalari haqida qanday fikrdasiz?

- Biz, shubhasiz, ham shaxsiy va ham jamoaviy ravishda ko‘p narsalarni o‘rgandik, masalan, o‘yin jarayonini qanday boshqarish kerak. Amerika Kubogida ko‘p o‘yin vaqtiga ega bo‘lmadim, lekin maydonga tushganimda o‘yinga kerak bo‘lgan darajada ta’sir qilmaganman, deb o‘ylayman. Bunday imkoniyatlar har doim ham bo‘lavermaydi, shuning uchun undan oqilona foydalanish kerak. Men esa buni o‘rganishim kerak.

- Amerika Kubogi natijalariga ko‘ra murabbi­yingiz Berxalter ishdan bo‘shatildi.

- Greggning ketishini ko‘rish og‘ir edi. Aynan u meni terma jamoaga olib kelgan murabbiy edi. Ajoyib mutaxassis, ajoyib yigit. Shunday qilib, buni ko‘rish juda achinarli edi. Umid qilamizki, yangi murabbiyimiz ham Gregg kabi yaxshi bo‘ladi va bizga katta yutuqlarga erishishga yordam beradi.

 M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:05, 01.09.2024.
O'qildi: 1582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.