Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:00 Rayo Valyekano 3-1 Osasuna
17/09 15:00 Shandong Taishan 3-1 Sentrel Kost
17/09 15:00 Kvangju 7-3 Yokogama Marinos
17/09 17:00 Shanghai Shenhua 4-1 Poxang Stilers
17/09 17:00 Buriram Yunayted 0-0 Vissel Kobe
17/09 17:30 Kosta-Rika 2-2 Niderlandiya
17/09 17:30 Tailand 10-5 Kuba
17/09 19:00 Paxtakor 0-1 Al-Vasl
17/09 20:00 O‘zbekiston 1-4 Paragvay
17/09 20:00 Braziliya 8-1 Xorvatiya
17/09 21:00 Ar-Rayyan 1-3 Al-Hilol
17/09 21:45 Yang Boyz 0-3 Aston Villa
17/09 21:45 Yuventus 3-1 PSV
17/09 22:00 Malyorka 1-0 Real Sosyedad
17/09 23:59 Milan - Liverpul
17/09 23:59 Bavariya - Dinamo Zagreb
17/09 23:59 Real Madrid - Shtutgart
17/09 23:59 Sporting - Lill
18/09 21:45 Bolonya - Shaxtyor
18/09 21:45 Sparta - Zalsburg
18/09 22:00 Betis - Xetafe
18/09 23:59 Seltik - Slovan
18/09 23:59 Bryugge - Borussiya D
18/09 23:59 Manchester Siti - Inter
18/09 23:59 PSJ - Jirona
19/09 21:45 Feyenoord - Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda - Benfika
19/09 22:00 Leganes - Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako - Barselona
19/09 23:59 Atalanta - Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest - Shturm

Vinisius Junior: «Maqsadimiz – barcha turnirlarda g‘olib chiqish va treblga erishish!»

Vinisius Junior: «Maqsadimiz – barcha turnirlarda g‘olib chiqish va treblga erishish!»

Baho:
+ | -

Vinisius «Real Madrid»da endi 7-raqamda o‘ynayapti va o‘z hisobida ikkita Chempionlar Ligasi oltin medali hamda ikkalasining finalida ham gollarga ega.

U «qirollik klubi»ning asosiy yulduzlaridan biridir. So‘nggi paytlarda saudiyalik shayxlar fantastik takliflari bilan boshini chalg‘itayotgan braziliyalik yulduz jahonga mashhur CNN telekanaliga intervyu berdi. Unda «Vinni» o‘zining shaxsiy hayoti, Marta, Ronaldo, Mbappe va boshqa mavzularda so‘z ochdi.

Maqsadlar va trebl

- Bizning maqsadimiz muntazam ravishda barcha ehtimoliy sovrinlarni qo‘lga kiritishdir. «Real»da boshqacha bo‘lishi mumkin emas! Afsuski, Qirol kubogi trebl qayd etishimizga doimiy ravishda imkon bermaydi: siz yanvar oyi davomida juda murakkab jamoalarga qarshi o‘ynaysiz, chunki yanvar - o‘yinlar juda zich joylashtirilgan davr, shuning uchun kubok turniri maqsadimizni biroz qiyinlashtiradi. Lekin, bu bizga o‘zgacha motivasiya ham beradi.

Ustuvorlik

- Birinchisi, Chempionlar Ligasi, bu eng murakkab turnir, keyin La Liga, keyin Kubok. Ushbu turnirlarning har biri o‘z bosimiga ega, ammo Chempionlar Ligasi - bu «Real» har doim g‘alaba qozonishni istagan turnir. Va nafaqat o‘yinchilar, balki muxlislar ham bizdan buni talab qilmoqdalar. Ammo hozirgi maqsadimiz - oldimizda turgan barcha turnirlarda g‘olib chiqish va nihoyat treblga erishishdir.

Eng yaxshi bo‘lish

- Men har doim «Real»da o‘ynashni orzu qilardim, shuning uchun har bir lahzani xuddi oxirgisidek qadrlayman. Har bir inson sayyoramizning eng yaxshi jamoasida g‘alaba qozonishni, eng yaxshilar bilan o‘ynashni, shuncha finalda shuncha gol urishni va g‘alabalarga o‘z hissasini qo‘shishni xohlaydi... Men endigina 24 yoshdaman va yuqori darajada imkon qadar uzoq qolishni, ushbu buyuk jamoada tarix yaratishni xohlayman. Hamma ham bunday imkoniyatga ega emas, shuning uchun men bu libosdaligimning har bir daqiqasidan zavqlanishni istayman.

Marta

- Eng buyuk futbolchi - Martaga simpatiyam juda baland, chunki u sportni o‘zgartirib, ayollar futbolini munosib darajaga olib chiqdi. Ayollar futboli kundan-kunga rivojlanib bormoqda va Marta uning qaldirg‘ochidir. Marta har bir braziliyalik uchun Pele, Ayrton Senna qanday qadrga ega bo‘lsa ulardan qolishmaydi, u milliondan biri. Erkak futbolchilarga kelsak, meni o‘yinlari bilan hayratlantirgan Kaka, «Oltin to‘p»ni ikki marta qo‘lga kiritgan Ronaldo, Ronaldinyo, Rivaldo va boshqa ko‘plab bu mukofotga sazovor bo‘lgan braziliyalik futbolchilar bor. Ammo, shubhasiz, Ronaldo va Ronaldinyo menga eng yaqin bo‘lganlar, ular har kuni menga «Oltin to‘p»ni yutishim kerakligini aytadilar.

Ronaldo bilan suhbat

- Yaqinda Ronaldo bilan uning Ibisadagi uyida mashq qildim va u menga: «bu yerda yana bir necha kun shug‘ullan, shunda «Oltin to‘p»ga yaqinlashasan», dedi. Ular aql bovar qilmaydigan narsalarni qilgan o‘yinchilar va «Oltin to‘p» uchun kurashish, ular qo‘lga kiritgan mukofotni qo‘lga kiritish haqiqatdan ham aql bovar qilmas voqe’lik bo‘ladi.

«Real»dagi Mbappe

- Jamoa juda yaxshi va uzoq vaqtdan beri shunday. Hozir Mbappe kelishi bilan ko‘pchilik endi bu jamoa to‘xtatib bo‘lmaydigan darajada bo‘lib qolishi mumkinligini aytishmoqda. Ammo hozircha biz eng yaxshi mashqlarni bajarishimiz va bir-birimizni iloji boricha tezroq tushunishga harakat qilishimiz kerak. Men Mbappening o‘ynash uslubini yaxshi ko‘raman va rostini aytsam, bu mavsumda biz birgalikda nima qilishimiz mumkinligini oldindan bilaman. U safimizga ko‘plab gollar urib, juda ko‘p unvonlarni qo‘lga kiritish uchun qo‘shildi. U har doim bo‘lishni orzu qilgan va har bir o‘yinchi o‘ynashni orzu qilgan klub - «Real Madrid»ga o‘tdi! Mbappe avvalgi jamoasi, terma jamoasi uchun qancha gollar urgan bo‘lsa, biz uchun yanada ko‘prog‘ini urishidan umidvorman.

Bugun va kelajak

- Men har doim eng yaxshilar qatorida bo‘lish uchun o‘ynayman va «Real»da o‘tadigan har kunimda o‘zimni yanada ishonchli his qilaman. Men allaqachon ikkita Chempionlar Ligasi kubogini yutganman va 6tasini yutganlar bilan o‘ynayman va har kuni bu bizni o‘z imkoniyatlarimiz chegarasida o‘ynashga undaydi. Hozirgi jamoa bilan juda ko‘p narsaga erisha olishimizni bilamiz. Shundoq ham ancha uzoqqa bordik. Uch yilda ikkita Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish juda qiyin bo‘ldi. Ammo eng yuqori darajada qolish undan ham qiyin, shuning uchun men bu darajada uzoq vaqt qolishni va Karvaxal, Modrich, Nacho, Krooslardek Chempionlar Ligasida ko‘p marotaba g‘olib bo‘lishni xohlayman.

Yangi davr

- Kelgusi o‘n yillikning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lishimiz mumkin va hozir biz raqobatbardosh ekanligimizni maydonda isbotlashimiz kerak. Men va jamoadoshlarim har bir o‘yinda «Real» uchun ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritishga yaqinlashishimiz mumkin.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 07.09.2024.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.