"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesning tiklanish muddati haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.
Avvalroq 21 yoshli yarim himoyachi yangi jarohat olgani va bir necha haftaga safdan chiqqani haqida xabar berilgandi. Mundo Deportivo'ning aniqlik kiritishicha, Lopesning maydonga qaytishi oktyabr oyi o‘rtalariga rejalashtirilgan milliy terma jamoa o‘yinlaridagi navbatdagi tanaffusdan so‘ng kutilmoqda.
2023/24 yilgi mavsumda Lopes Ispaniya La Ligasining uchta o‘yinida qatnashdi va birorta ham gol urmadi.