Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 17:30 Braziliya 5-0 Kosta-Rika
24/09 20:00 Niderlandiya 1-3 Ukraina
24/09 22:00 Valensiya 0-0 Osasuna
24/09 22:00 Sevilya 2-1 Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta 2-3 Komo
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe
26/09 22:00 Las-Palmas - Betis
26/09 22:00 Espanyol - Vilyarreal
27/09 00:00 Selta - Atletiko

Lyudovik Jyuli: «Barselona avvalgi darajasiga qayt­moqda, lekin oson bo‘lmaydi»

Lyudovik Jyuli: «Barselona avvalgi darajasiga qayt­moqda, lekin oson bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

«Barselona» bugun yangi formatdagi Chempionlar Ligasini «Monako»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Kataloniyaliklar uchun tanish raqib - bir necha hafta oldin aynan monegasklar Gamper Kubogida ularni mag‘lub etishgandi. Biroq, ikki klub o‘rtasidagi munosabatlar uzoq vaqtdan beri iliq davom etadi: ko‘plab futbolchilar har ikki jamoa libosini kiyishgan. Bular Sonni Anderson, Peti, Saviola, Jerar Lopes, Gudyonsen, Markes, Tyuram, Anri, Yaya Ture... Ulardan biri, Lyudovik Jyuli, «Barselona»ga o‘tishdan oldin, ushbu shahar-davlat jamoasi tarkibida 268ta o‘yin o‘tkazdi, u yerda u Frank Raykaard loyihasining eng muhim o‘yinchilaridan biriga aylandi va jamoasi bilan ikki marta La Liga va bir marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. Lyudovik - afsona va SPORT bilan suhbatda u «ko‘k-anorranglilar» safidagi faoliyati va umuman futbol haqida gapirdi.

- Ishlaringiz qanday janob?

- Men juda baxtiyorman. Chunki men televizorda ishlayman, Fransiya terma jamoasi o‘yinlarini sharhlayman va kelajak uchun loyihalarim bor, masalan, faoliyatini tugatgan futbolchilarga yordam berish.

- Butsalarini mixga ilganining ertasigayoqmi?

- Ha, chunki bu eng qiyin lahza - hammasi bir kechada, bir kunda tugaydi. Va agar siz bunga tayyor bo‘lmasangiz, tushkunlikka tushishingiz mumkin. Buning uchun esa siz aql va hayotiy maqsadga ega bo‘lishingiz kerak...

- Sizda vaqt ham, pul ham bor...

- Siz bir yoki ikki yilni hech narsa qilmasdan, oilangiz, bolalaringiz, sayohatlar, mehmonxonalardan zavqlanishingiz mumkin... Ilgari esa buning uchun sizda yiliga atigi 15 yoki 20 kuningiz bo‘lardi.

- Keyinchi?

- Shundan so‘ng tanangiz va boshingiz ishlashi kerak. Ya’ni, nima uchun yashash kerakligi, haqiqat bilan aloqani yo‘qotmaslik... deganlaridek.

- Faoliyatingizni tugatganingizdan beri futbol keskin o‘zgarganmi?

- Mentalitet, albatta, o‘zgardi, lekin o‘yinchilarning o‘zlari ham shunday. Avvalgilardan iste’dodlilar ko‘proq edi, yulduzlar ham shunga yarasha. Hozir jamoada faqat bitta yulduz bo‘lishi mumkin va hatto o‘sha ham unchalik iste’dodli emas. Mening vaqtimda har bir jamoada 3-4 nafar yulduz bo‘lardi. Hozir hammasi murakkabroq. Men «Barselona», «Real» yoki «Siti» haqida gapirmayapman, ularda yaxshi o‘yinchilarni sotib olish uchun pul bor. Ular uchun bu oddiy narsa.

- Nimani nazarda tutyapsiz?

- Hozir o‘yinchilar ozmi-ko‘pmi bir xil, bilasizmi? Men buni shunday ko‘raman.

- Qaysi ma’noda?

- Iste’dod nuqtai nazaridan. Menimcha, o‘zgarishlar jismoniy nuqtai nazaridan sodir bo‘ldi. Hozir futbolchilar tezroq, kuchliroq, ular «mashina»lar, ammo texnik jihatdan men ularda hech qanday portlatadigan narsani ko‘rmayapman... To‘g‘ri, iste’dod borligini ko‘ryapmiz, lekin u bir-ikki yil namoyon bo‘ladi va... Zidan, Badjo, Maldini kabi 5 yoki 6 emas, 10 yil emas... Men Messi yoki Ronaldu haqida gapirmayapman. Mbappe, Yamal va bosh­qalar bor. Ammo biz yangi yulduzlar paydo bo‘lishini yillar davomida kutishimiz kerak.

- Jyuli Raykaardning «Barselona»siga kelganiga 20 yil bo‘ldi. Keyin esa «San-Siro»dagi o‘sha gol...

- Nafaqat o‘sha gol tufayli, balki butun uch yil ajoyib o‘tgandi: Laporta, Chiki, futbolchilar, klub mentaliteti, shahar, stadion... «Barselona»da men uchun har kuni orzu edi. Va, albatta, Milandagi kabi lahzalar bo‘lgan, ammo men o‘z vatanimdagi Parijdagi Chempionlar Ligasi finalini eng yaxshi kunim, deb bilaman. Biz «Arsenal» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondik va bu mening o‘sha golimdan ham ko‘proq narsadir! Chunki men «Barselona» bilan Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritdim, undan oldin jamoa hisobida faqat bitta «shalpangquloq» bor edi. Biz klubning Chempionlar Ligasidagi birinchi g‘alabasi haqida (1992 yilda) juda ko‘p gaplashamiz va hozirda blaugrana hisobida ular beshtaga yetgan, lekin men ham g‘oliblar qatoridaman, mening ismim ham bor. Mening orzuim amalga oshdi.

- Nega «Barselona»ni tark etdingiz?

- Ha, bu ajoyib uch yil edi, lekin siz yuqorida bo‘lganingizda, mentalitetni o‘zgartirish kerak. Ya’ni, o‘yinchi mentaliteti va murabbiy mentaliteti. Aks holda, tartib sizni yutib yuboradi.

- Leo Messichi?

- Farzandlarimga nima deyayotganimni bilasizmi? Men Messi bilan o‘ynaganman. Va ular menga ishonishmaydi, lekin men «Barselona»da 3 yil o‘ynadim va bir muncha vaqt o‘tgach, Leo aynan mening o‘rnimni egallash uchun keldi. Hali bir yillik shartnoma bor edi va Frank menga 3 yil davomida boshlang‘ich tarkibda o‘ynaganimdan so‘ng, juda ko‘p o‘yinlardan so‘ng zaxira o‘rindig‘ida o‘tirishimni aytganda... Bu qiyin. Men Leo fenomen ekanligini bilaman, men uning qanday o‘ynashini ko‘rganman. Bir mavsumda 10-15ta o‘yin o‘tkazish uchun «Barselona»da qolishim mumkin edi, lekin men doimiy o‘ynashni yaxshi ko‘rardim. Qolaversa, bunga rozi bo‘ladigan 35 yoshda emasdim ham. Bu yoshda men, albatta, qolardim, lekin o‘shanda hali yosh edim, imkoniyatlarim ham chakki emasdi va men ko‘proq o‘ynashni xohladim.

- O‘zingizni La Masiyaning qurboni kabi his qilmaysizmi?

- Yo‘q, bu hayot. Leo - bu yulduz, fenomen, o‘shanda u dun­yodagi eng yaxshi o‘yinchi edi. Mening esa o‘z shuhratim bor edi, lekin u o‘tib ketdi. Bu futbol. Agar kerak bo‘lmasam, ketaman. Tamom. Mendan yaxshiroq o‘yinchi bormi? Muammo ham yo‘q.

- Klub bilan aloqangiz hech qachon uzilmagan. Siz «Barselona» afsonalar jamoasi tarkibida o‘ynaysiz.

- Faoliyatingizni tugatganingizda, agar siz «ikkinchi oila» a’zolari bilan aloqada bo‘lmasangiz, hamma narsa ketadi. Men hamma bilan aloqada bo‘lishga harakat qilaman. To‘g‘ri, hamma bilan emas, lekin Belletti, Saviola va boshqalar bilan muloqotda bo‘lib turaman.

- Hozirgi «Barselona»ni qanday ko‘rasiz?

- U avvalgi darajasiga qayt­moqda, lekin oson bo‘lmaydi. Hammasini eng oliy darajada bajarishingiz kerak, qolaversa hozir futbol dunyosida katta pul bo‘lishi kerak. Prezident harakat qilmoqda. «Kamp Nou» ham bor. Jin ursin, men bu maydonda o‘ynadim-a! Qanday energiya bor!

MUHAMMADXON tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:48, 24.09.2024.
O'qildi: 324 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.