Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Superliga. «Nasaf» «Bunyodkor» bilan o‘yinda 2 ta to‘p ustunligini qo‘ldan chiqardi

Superliga. «Nasaf» «Bunyodkor» bilan o‘yinda 2 ta to‘p ustunligini qo‘ldan chiqardi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan o‘yin 28 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Nasaf” safarda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa qarshiliklar futbolchisi Zoran Marushich hisobni ochdi. 64-daqiqada esa Marko Stanoyevich penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.

65-daqiqada Luis Kachchori hisobni qisqartirdi. 69-daqiqada esa Sharof Muhiddinov qizil olib, maydonni tark etdi va “Nasaf” buyog‘iga bir kishi kam bo‘lib qoldi.

77-daqiqada Usmonali Ismonaliyev muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin durang natija bilan yakunlandi.

Ushbu durangdan keyin "Nasaf" va ikkinchi o‘rindagi OKMK o‘rtasidagi ochkolari farqi 7 ochkoni tashkil etmoqda. "Bunyodkor" esa "Lokomotiv"ni quvib o‘tib, 19 ochko bilan 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Superliga, 20-tur
28 sentyabr, shanba
“Bunyodkor” – “Nasaf” 2:2
Gollar: Zoran Marushich, 47 (0:1), Marko Stanoyevich, 63 pen (0:2), Luis Kachorri, 65 (1:2), Usmonali Ismonaliyev,77 (2:2).
“Bunyodkor”: 13.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Rasho, 6.Boburbek Yo‘ldoshev (8.Frane Chiryak, 62), 10.Rasul Yo‘ldoshev, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 22.Usmonali Ismonaliyev, 25.Isuki Urata, 41.Andriya Filipovich (7.SHohboz Jo‘rabekov, 90), 57.Amir To‘raqulov, 77.Muzaffar Olimjonov (74.Luis Kachorri, 62).
“Nasaf”: 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 14.SHarof Muhiddinov, 19.Stefan Cholovich (6.Murodbek Rahmatov, 81), 22.Igor Golban, 28.SHuhrat Muhammadiyev (4.Dilshodjon Komilov, 81), 32.Zoran Marushich (10.Bobir Abdixoliqov, 81), 34.SHerzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov ( 9.Javohir Sidiqov,86), 88.Marko Stanoyevich (70.Jambuli Jigauri.86).
Ogohlantirish: Sharof Muhitdinov (40).
Chetlatish: Sharof Muhitdinov (69).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:29, 28.09.2024.
O'qildi: 3252 marta.
Fikrlar: 25 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик