Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Unutilgan afsonalar yana safda

Unutilgan afsonalar yana safda

Baho:
+ | -

Futbol olamiga bir qator jarangdor transferlarni taqdim etgan Yevropa top-ligalaridagi transfer darchasi yopildi.

Unda ko‘pgina taniqli va endi porlay boshlagan yulduzlar yangi jamoalariga o‘tishdi. Shuningdek, ular orasida anchadan beri soyada yurgan futbolga chanqoq afsonalar yana nomdor jamoalar safidan joy oldilar. Hikoyamiz ana shu kutilmagan qahramonlar haqida.

Xames Rodriges «Rayo Valyekano»ga

33 yoshli kolumbiyalik pleymeyker 4 yillik tanaffusdan keyin Ispaniyaga qaytdi. Faxriy futbolchi yozda Kolumbiya terma jamoasi bilan Amerika Kubogida finalga qadar yetib bordi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga sazovor bo‘ldi. Shundan keyin Xames «Rayo»dan taklif olgach, «San-Paulu»dagi faoliyatini barvaqt yakunladi va La,Liga klubidan erkin agent maqomida joy oldi.

Rodriges «Real» bilan 2 marta YECHLda va La Ligada g‘olib chiqqan, «Portu» bilan YELda zafar quchgan, Bundesligada 2 marta «Bavariya» safida «Kumush tovoq» sohibiga aylangan, 2013|14 yillar mavsumida «Monako» safida Liga 1ning eng yaxshi assis­tenti, JCH-2014ning eng yaxshi to‘purari unvonlarini qo‘lga kiritgan. Endi buyuk futbolchi o‘z faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

Pepe Reyna «Komo»ga

Andrey Arshavinning «Enfild»dagi pokeri - qandaydir o‘zga dunyo voqeasidek. U olis o‘tmishda yuz bergan. Lekin 2009 yilda rossiyalik mergandan 4ta gol qabul qilgan pos­bon hamon yashil maydonda. 42 yoshli Reyna «Vilyarreal»ni erkin agent maqomida tark etib, «A» seriyasi debyutanti bilan shartnoma imzoladi.

Boz ustiga, Reyna - «Komo»ning asosiy darvozaboni. Startdagi 4ta bahsda «Yuventus»ga qarshi (0:3), «Kalyari» (1:1), «Udineze» (0:1) va «Samp­doriya»ga qarshi (1:1, pen. ser. 3:4) o‘yinlarda aynan ispaniyalik faxriy darvozani qo‘riqladi.

Ispaniya terma jamoasi sharafini 36ta uchrashuvda himoya qilgan Reyna Yevro-2008, JCH-2010 va Yevro-2012 turnirlarida chempionlikka erishdi. Klub miqyosida esa, «Liverpul», «Napoli» va «Bavariya» bilan bir necha sov­rinlarga sazovor bo‘ldi.

David de Xea  «Fiorentina»ga

33 yoshli darvozabon «MYU»dan ketib butun bir mavsumni ishsiz o‘tkazganida, faoliyatini yakunlagandek tuyulgandi. Biroq u yangi klubini topishga muvaffaq bo‘ldi. David erkin agent sifatida «Fiorentina»ga yo‘l oldi va keyinchalik muddatini uzaytirish sharti bilan bir yillik kelishuvga imzo chekdi.

«Bir yilni Manchesterda o‘tkazib, keyin mashq qilib turish uchun Madridga yo‘l oldim. Maqsadim yuksak saviyani tiklash edi. 12 yilni Manchesterda o‘tkazdim, u mening uyim bo‘lib qolgandi. Shu bois, yangi takliflarga baho berish uchun bir yillik tanaffus olishga qaror qildim», - degandi de Xea.

12 yil ichida David 9ta sov­rinni qo‘lga kiritdi, YELda «MYU» va «Atletiko» bilan g‘olib chiqdi. «Fiorentina»da esa aynan yevrokubok musobaqasi - YEKLda debyutini nishonladi. O‘z maydonida «Pushkash akademiyasi» qarshi bahsda (3:3) 3ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsada, javob uchrashuvida (1:1) penaltilar seriyasida g‘olib chiqib, jamoani keyingi bos­qichga olib chiqdi.

Yasper Silessen  «Las-Palmas»ga

«Barselona» va «Valensiya»da faoliyat yuritgan 35 yoshli niderlandiyalik posbon 2 yildan keyin Ispaniyaga qaytdi. U oxirgi ikki mavsumni Erediviziyening o‘rtamiyona NEK klubida o‘tkazdi.

Keyin «Las-Palmas»dan taklif olib, 2 yillik shartnomani imzoladi. Primeraning dastlabki 3 turida 5ta gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsada, «Real»ga qarshi bahsda (1:1) Yasper yaxshi taassurot qoldirdi. Posbon Niderlandiya terma jamoasining 65ta uchrashuvida ishtirok etgan. Klub miqyosida esa, «Ayaks» va «Barselona» bilan shohsupani zabt etgan.

Adam Lallana  «Sautgempton»ga

«Liverpul» va Angliya terma jamoasining 36 yoshli sobiq yarim himoyachisi 10 yillik tanaffusdan keyin «Brayton»dan qadrdon klubiga qaytdi va 1 yillik kelishuvga imzo chekdi. APLdagi ilk uchrashuvida «Brentford»ga qarshi maydonga tushgan Adam assistni amalga oshirdi. Biroq bu gol 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan «Avliyolar»ni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

«Sautgempton»dan «Liverpul»ga ketish bilan muxlislarni rajitganimni bilaman. O‘ylaymanki, endi o‘sha jarohatlarni davolay olaman. Bu jamoa doimo men uchun qadrdon bo‘lib qoladi. O‘g‘lim «Sautgempton» akademiyasida tahsil olmoqda», - deydi Lallana.

Adam Angliya terma jamoasi uchun 34 marta maydonga tushgan, «Liverpul» bilan APL va YECHLda zafar quchgan.

Nikolya Pepe  «Vilyarreal»ga

5 yil avval Pepeni «Arsenal» 80 mln. yevroga xarid qilgandi. Endi hujumkor yarim himoyachi tekinga «Vilyarreal» a’zosiga aylandi. Ivuarlik 29 yoshli futbolchi so‘nggi mavsumni «Trabzonspor»da o‘tkazgan.

Nikolya o‘zining klub miqyosidagi yagona sovrini bo‘lgan Angliya Kubogini «Arsenal» bilan qo‘lga kiritgan, 2020|21 yillar mavsumida YELning ramziy terma jamoa­sidan joy olgan bo‘lsada, «to‘pchilar» safida to‘la-to‘kis ochila olmadi. Vaholanki, Londonga ketishi arafasida «Lill» uni yil o‘yinchisi sifatida e’tirof etgandi.

Pepe Ivuar terma jamoasi sharafini 46ta uchrashuvda himoya qilgan, AMKda g‘olib chiqqan. Turkiyaga ketgach ko‘pchilikning xotirasidan ko‘tarilgan futbolchi endi «Vilyarreal»dagi o‘yinlari bilan o‘zini eslatishga urinib ko‘radi. Lekin dastlabki 3ta o‘yinda samarali harakatlarni namoyish eta olmadi.

Toma Menye «Lill»ga

«PSJ» va «Borussiya Dortmund»ning sobiq himoyachisi ham oxirgi mavsumini «Trabzonspor»da o‘tkazib, shu yilning yozida top,liga jamoasi tarkibidan joy oldi. Erkin agent maqomida Fransiyaga yo‘l olgan 32 yoshli Myonye «doglar» bilan 2 yillik kelishuvni rasmiylashtirdi. Hozirga qadar Toma o‘zining yangi jamoasida 6ta uchrashuvda maydonga tushdi: Fransiya chempionatida 2ta va YECHL saralash bosqichida 4ta. «Anje» darvozasiga gol urishga ulgurdi.

Menye Fransiyada nisbatan muvaffaqiyatliroq to‘p surgan: 3ta chempionlik, YECHL finali va kubok bellashuvlaridagi sovrinlar. «Borussiya D.» bilan faqat Germaniya Kubogini qo‘lga kiritgan. Belgiya terma jamoasi tarkibida 66 marta maydonga tushgan himoyachi 2018 yildagi Rossiya mundialidan bronza medali bilan qaytgandi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 29.09.2024.
O'qildi: 10891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.