Brennan Jonson “Tottenxem” safida qatorasiga 6-o‘yinda gol urdi.
Yarim himoyachi APLning 7-turidan o‘rin olgan "Brayton" bilan o‘yinning (2:1, ikkinchi bo‘lim) 23-daqiqasidayoq hisobni ochdi.
Jonson barcha musobaqalarda “Tottenxem” safida ketma-ket oltita o‘yinda gol urdi – “shporlar”ning bu natijani qayd etgan so‘nggi o‘yinchisi 2019-yilda ketma-ket gol urgan Xarri Keyn bo‘lgandi.