Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Sinner Shanxay "Masters"da muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda

Sinner Shanxay "Masters"da muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda

Baho:
+ | -
Xitoyning Shanxay shahrida tennis bo‘yicha "Masters" seriyasiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner musobaqaning 1/8 final ishtirokchisiga aylandi. Italiyalik tennischi uchinchi davrada ATP reytingida 37-o‘rinni egallab turgan argentinalik Tomas Martin Etcheverrini uch set natijasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi - 6/7(3), 6/4, 6/2.

Bu tennischilarning o‘zaro ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0. Ikki soatu 40 daqiqa davom etgan bahsda Sinner 12, Etcheverri 11 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham bittadan qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi. Breyklar bo‘yicha ustunlik 4 ga 1 ko‘rinishida Yannik foydasiga hal bo‘ldi. Bu italiyalik tennischining mavsumdagi 61-g‘alabasi edi. 

Kiritildi: 23:16, 07.10.2024.
O'qildi: 242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.