Dani Karvaxal tizzasidan jiddiy jarohat olib, mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi. Ammo yanvar oyida "Real Madrid" boshqa shartnoma imzolamagan taqdirda ham, Karlo Anchelottida Danining o‘rniga bir nechta variant bo‘ladi.
Lukas Vaskes
Zayniddin Zidan birinchi bo‘lib Lukasni o‘ng qanotga qo‘ydi va u to‘g‘ri qaror qabul qildi. Ispaniyalik futbolchi mukammal tarzda moslashdi va uzoq vaqtdan beri Karvaxalning asosiy zaxirachisi bo‘lib kelgan.
Eder Militao
O‘ng qanot himoyachisi pozisiya braziliyalik uchun yangilik emas. U o‘sha yerda "Portu"da ham, Madridda ham o‘ynagan, garchi eng yaxshi tarzda bo‘lmasa ham. Anchelotti o‘ngda Militaodan foydalanib, Tchuameni himoya markaziga qo‘yishi mumkin.
Fede Valverde
Karlo Anchelotti Fedeni markazdan olib, qanotga o‘tkazishini tasavvur qilish qiyin, ammo bo‘lishi mumkin. Urugvaylik ko‘p funksiyali futbolchi va agar kerak bo‘lsa, murabbiy unga o‘ng qanot pozisiyasida ishonishi mumkin.
Kantera
Bu yigit Madridning bo‘lajak o‘ng qanot himoyachisi hisoblanadi, ammo Anchelotti undan Karvaxalning zaxira o‘yinchisi sifatida foydalanishi dargumon.