Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Alvares vakillari "Barselona"ga futbolchining rejalarini ma’lum qildi

Alvares vakillari "Barselona"ga futbolchining rejalarini ma’lum qildi

Baho:
+3 | -

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares "Barselona"ga o‘tish istagidan qaytmagan va transferni amalga oshirish uchun harakatlarini davom ettirmoqda.

Jurnalist Viktor Navarro ma’lumotiga ko‘ra, argentinalik futbolchining vakillari "Barselona" rahbariyatiga Alvares yaqin vaqt ichida "Atletiko" ijrochi direktori Migel Anxel Xil Marin bilan uchrashish niyatida ekanini bildirgan.

Uchrashuvda 26 yoshli hujumchi o‘z transferi masalasini muhokama qilishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan, Alvares yana bir bor "Barselona"ga o‘tish istagini klub rahbariyatiga ochiq ma’lum qiladi.

Avvalroq Xulian Alvares "Atletiko" bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan ham bu masalada suhbatlashgan edi. Biroq argentinalik mutaxassis vatandoshiga ushbu vaziyatda yordam bera olmasligini tushuntirgan.

Ayni paytda "Atletiko" rahbariyati "Barselona" bilan Xulian Alvares transferi bo‘yicha muzokara olib borishdan hali ham bosh tortmoqda.

Kiritildi: 11:02, 17.08.2026.
O'qildi: 4533 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик