Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon

«Barselona» o‘z yarim himoyachisini Portugaliya klubiga sotmoqda

«Barselona» o‘z yarim himoyachisini Portugaliya klubiga sotmoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Tommi Markes «Braga»ga o‘tishga juda yaqin. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lum qilishicha, Portugaliya klubi 19 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kataloniyaliklar bilan kelishuvga erishgan.

«Barselona» o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchisining sotuvidan 10 million yevro va yana 2 million yevro bonus ko‘rinishida ishlab oladi. Yosh ispaniyalik futbolchiga Germaniya Bundesligasining ikki klubi ham qiziqish bildirgan edi, biroq u «Braga» variantini ma’qul ko‘rdi.

Tommi Markes «Barselona»ning asosiy tarkibida shu yilning fevral oyida, La Liga doirasidagi «Malyorka»ga qarshi o‘yinda debyut qilgan edi. Transfermarkt portali tomonidan 3 million yevroga baholanayotgan yarim himoyachi umumiy hisobda kataloniyaliklarning asosiy jamoasida 2 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Kiritildi: 06:55, 17.08.2026.
O'qildi: 2188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик