«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik mavsum startiga qadar klub yana bir transferni amalga oshirishi mumkinligini istisno etmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bo‘yicha yakuniy qaror shu hafta ichida qabul qilinadi.
«Ehtimol, bizga nimadir yetishmayotgandir, buni shu haftada ko‘rib chiqamiz. Mashg‘ulotlarda shiddat va sifat bor, jamoa o‘sayotganini ko‘ryapman. Ammo o‘tgan mavsumdagi darajani saqlab qolish uchun astoydil mehnat qilishimiz kerak», dedi Flik.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» o‘rtoqlik uchrashuvida Shveysariyaning «Bazel» klubini 5:2 hisobida tor-mor etdi. Klub hozirda Rodri va Xulian Alvares transferlari bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.













