Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut - Brentford
12/09 19:00 Aston Villa - Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas - Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem

«Barselona» Ferran Torres o‘rniga APL yulduzi variantini ko‘rib chiqmoqda

«Barselona» Ferran Torres o‘rniga APL yulduzi variantini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -3

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh «Barselona»ning e’tibor markaziga tushdi.

Jurnalist Xose Alvaresning xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» 28 yoshli shvesiyalik futbolchini «PSJ»ga o‘tib ketgan Ferran Torresning o‘rnini bosadigan muqobil variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqishmoqda. Kataloniya klubi ushbu transfer oynasida «kanonirlar» forvardini sotib olish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.

Transfermarkt portali Viktor Dyokereshning bozor qiymatini 65 million yevroga baholamoqda. O‘tgan yilning yozida London grandi hujumchini Lissabonning «Sporting» klubidan deyarli 67 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ferran Torresning sotuvidan taxminan 50 million yevro ishlab oldi.

Kiritildi: 11:47, 17.08.2026.
O'qildi: 3127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик