Avstraliya terma jamoasi hozirda Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan manfaatdor emas.
Avstraliya terma jamoaning rasmiy o‘yinlari taqvimi 2025 yilning iyunigacha belgilangan. Shu faktni hisobga olsak, avstraliyaliklarni hozircha o‘rtoqlik o‘yinlari qiziqtirmayapti.
Aytish joizki, sanksiyalar ostidagi Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi mumkin. Valeriy Karpin shogirdlari ana shunday so‘nggi uchrashuvni sentyabr oyida o‘tkazgan va o‘shanda Vetnamni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etgandi.