Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shesni "Barselona"da kimning o‘yinidan qoyil qolganini aytdi

Shesni "Barselona"da kimning o‘yinidan qoyil qolganini aytdi

Baho:
+1 | -

"Barselona" darvozaboni Voysex Shesni yangi jamoadoshlaridan birini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Polshalik kiper 17 yoshli markaziy himoyachi Pau Kubarsining qobiliyatiga qoyil qolganini tan oldi.

"O‘yinni televizorda ko‘rish va hayotda ko‘rish butunlay boshqa narsa. Kubarsining televideniye orqali o‘yinini ko‘rishi meni hayratda qoldirgandi, lekin u hayotda yanada ta’sirchan. Bu yigit to‘p bilan yaxshi o‘ynaydi, texnik jihatdan iqtidorli, ammo himoyaviy mahorati ham yuqori saviyada. Men u bilan o‘ynashni intiqlik bilan kutyapman", - dedi oktyabr boshida Kataloniya klubi bilan shartnoma imzolagan Shesni Diario Sport nashriga.

Kiritildi: 05:48, 10.10.2024.
O'qildi: 4001 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.