Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Hech qachon!»: Pep Gvardiola «Manchester Siti»dan ketishi haqidagi xabarlarga keskin javob qaytardi

«Hech qachon!»: Pep Gvardiola «Manchester Siti»dan ketishi haqidagi xabarlarga keskin javob qaytardi

Baho:
+ | -

Shanba kuni «Manchester Siti» Angliya Kubogi finalida «Chelsi»ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar Xosep Gvardioladan bo‘lajak «Uembli» tashrifi u uchun «shaharliklar» bosh murabbiyi sifatidagi oxirgisi bo‘ladimi-yo‘qmi, deb so‘rashdi.

«Yo‘q, hech qachon, hech qachon! Shartnomam bo‘yicha yana bir yilim bor!» – deya ispaniyalik mutaxassisning javobini keltirmoqda The Touchline nashri.

Ommaviy axborot vositalarida Gvardiolaning joriy mavsum yakunida «Manchester Siti»dan ketishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlar bir necha oydan beri davom etmoqda. Hatto uning o‘rnini egallashi kutilayotgan o‘rinbosar ham ma’lum — bu «Chelsi» sobiq ustozi Enso Mareskadir.

Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Kiritildi: 12:02, 16.05.2026.
O'qildi: 2330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик