Kirish Ro'yxatdan o'tish

Opta superkompyuteri O‘zbekistonning JCH-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Opta superkompyuteri O‘zbekistonning JCH-2026dagi imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

Opta superkompyuteri 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoalarning imkoniyatlarini hisoblab chiqdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasining mundialda chempion bo‘lish ehtimoli 0,07 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston eng past imkoniyat berilgan jamoalar qatorida qayd etilgan.

Shuningdek, reytingda O‘zbekiston Panama va Iordaniya terma jamoalari bilan bir xil natija qayd etgan — har uchala jamoaga ham 0,07 foizlik imkoniyat berilgan.

Biroq Opta O‘zbekistonning pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini ancha yuqori baholagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, terma jamoaning 1/8 finalga chiqish ehtimoli 12,62 foizni tashkil qiladi.

Superkompyuter talqiniga ko‘ra, JCH-2026ning asosiy favoriti — Ispaniya. Keyingi o‘rinlarda Fransiya va Angliya terma jamoalari joylashgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Musobaqa AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:58, 15.05.2026.
O'qildi: 18643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик