Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/09 00:00 Valensiya 2-3 Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm 1-3 Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

"Barselona" Alvares uchun taklifini oshirishi kerak

"Barselona" Alvares uchun taklifini oshirishi kerak

Baho:
+1 | -

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvaresning kelajagi hamon noaniqligicha qolmoqda.

Argentinalik futbolchi "Barselona"ga o‘tish niyatida qat’iy turibdi. Biroq "Atletiko" rahbariyati uni deyarli istalgan klubga sotishga tayyor bo‘lsa-da, aynan kataloniyaliklarga qo‘yib yuborishni istamayapti.

Jurnalist Gaston Edul fikricha, "Barselona" transferni joyidan siljitish uchun yanada faolroq harakat qilishi kerak.

"Xulian sahna ortida qo‘lidan kelgan barcha ishni qilyapti. Ammo "Barselona" ham jarayonni biroz oldinga surishi zarur. Ular taklif qilgan 100 million yevrodan ko‘proq pul berishlari kerak. Yana bir qadam tashlash shart", — dedi argentinalik futbol bo‘yicha ixtisoslashgan jurnalist.

Xulian Alvares uchun kurashda "Arsenal" ham hali qolmoqda. Biroq futbolchining o‘zi Angliyaga qaytishga katta qiziqish bildirmayapti.

Kiritildi: 08:10, 26.08.2026.
O'qildi: 2687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик