Angliya Premyer-ligasi 2026/27 mavsumi 1-turidan o‘rin olgan "Nyukasl Yunayted" — "Liverpul" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumani aks etgan video internetda keng tarqaldi. Bahs 2:2 hisobida yakunlangan.
Matbuot anjumani boshlanishidan avval "Nyukasl"ning yangi bosh murabbiyi Mattias Yayssle zaldagi barcha jurnalistlar bilan birma-bir qo‘l berib ko‘rishdi.
Angliya futbolida bunday holat hazilomuz tarzda "qora belgi" deb ataladi. Urfga ko‘ra, mavsum boshida jurnalistlarning barchasi bilan qo‘l berib ko‘rishgan murabbiylar mavsum oxirigacha lavozimida ishlay olmaydi, degan qarash bor.
Masalan, o‘tgan mavsumda "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyi Liam Rocenyor ilk matbuot anjumanida xuddi shunday qilgan, ammo oradan to‘rt oy o‘tib klubdan bo‘shatilgan edi.
Shuningdek, "Liverpul"ning o‘tgan mavsumdagi bosh murabbiyi Arne Slot ham omadsiz natijalar seriyasidan keyin jurnalistlar bilan do‘stona qo‘l berib ko‘rishgan va chempionat yakunlanganidan olti kun o‘tib lavozimidan ozod etilgan.
"Nyukasl" Mattias Yaysslening bosh murabbiy etib tayinlanganini avgust oyi boshida e’lon qilgan edi. 38 yoshli nemis mutaxassisi 2023 yildan buyon Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubini boshqarib kelgan.













