Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Xulian Alvares «Atletiko» mashg‘ulotiga kelmadi

Xulian Alvares «Atletiko» mashg‘ulotiga kelmadi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares jamoa mashg‘ulotiga kelmadi. Bu haqda jurnalist Ruben Uriya xabar berdi.

Jurnalistning ma’lum qilishicha, «Atletiko» rasmiylari Alvaresning mashg‘ulotda ishtirok etmagani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.

Klub vakillariga tayangan manbaning qayd etishicha, futbolchi tunda yaxshi uxlamagan va o‘zini yaxshi his qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda (2:2) «Atletiko» muxlislari Alvaresni hushtakbozlik bilan qarshi olgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi butun yoz davomida «Barselona»ga o‘tish istagini bildirib kelmoqda, ammo «Atletiko» rahbariyati uni qo‘yib yuborishni istamayapti.

Kiritildi: 13:35, 26.08.2026.
O'qildi: 2193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик