Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Dembele Luis Enrike bilan bo‘lgan ziddiyat sabab «PSJ»dan ketishi mumkin

Dembele Luis Enrike bilan bo‘lgan ziddiyat sabab «PSJ»dan ketishi mumkin

Baho:
+ | -

«PSJ» hujumchisi Usman Dembele jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan ziddiyatga borgani haqida xabarlar tarqaldi.

25 avgust kuni «PSJ» matbuot xizmati futbolchiga dushanbaga qadar dam olish berilganini ma’lum qildi. Shu sababli u Liga 1ning 2-turida «Lill»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Klub rasman dam olish qarorini murabbiy va sport rahbariyati bilan kelishilgan holda qabul qilinganini bildirgan.

Biroq ayrim OAVlar bu qaror ortida Dembele va Enrike o‘rtasidagi ziddiyat turgan bo‘lishi mumkinligini yozmoqda. Dembele 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin optimal formaga kirish uchun ta’tildan ertaroq qaytib, «Aston Villa»ga qarshi UEFA Superkubogi o‘yiniga tayyorlangan, ammo Enrike uni zaxirada qoldirgan edi.

Enrike esa «Renn»ga qarshi o‘yindan keyin Dembeleni birinchi bo‘limdan so‘ng almashtirgan va futbolchilar har kuni o‘zlarining tayyorligini isbotlashi kerakligini ta’kidlagan.

Ayrim manbalar Dembelening «PSJ»dan ketishi ehtimolini ham istisno qilmayapti. Biroq uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:36, 26.08.2026.
O'qildi: 2766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик