Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo
25/08 19:00 Surxon 0-0 OKMK
25/08 19:00 Andijon 1-0 Xorazm
25/08 20:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv - Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al - Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum - Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid - Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Chempionlar ligasida 36 jamoadan 32 tasi aniqlandi

Chempionlar ligasida 36 jamoadan 32 tasi aniqlandi

Baho:
+ | -

25 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi saralash bahslaridan so‘ng musobaqaning umumiy bosqichida ishtirok etadigan jamoalar ro‘yxati deyarli to‘liq shakllandi.

Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubi Niderlandiyaning NEK "Neymegen" jamoasini musobaqadan chiqarib yubordi. Avstriyaning LASK klubi birinchi o‘yindagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin kambek qilib, "Seltik"dan ustun keldi. Ozarbayjonning "Sabah" jamoasi esa Isroilning "Xapoel Beer-SHeva" klubini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shu tariqa, Chempionlar ligasi umumiy bosqichida qatnashadigan 36 klubdan 32 tasi ma’lum bo‘ldi.

Angliya: "Arsenal", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Aston Villa", "Liverpul".

Ispaniya: "Barselona", "Real", "Vilyarreal", "Atletiko", "Betis".

Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "RB Leypsig", "Shtutgart".

Italiya: "Inter", "Napoli", "Roma", "Komo".

Fransiya: "PSJ", "Lans", "Lill".

Niderlandiyadan PSV va "Feyenoord", Portugaliyadan esa "Portu" va "Sporting" yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, Belgiyadan "Bryugge", Chexiyadan "Slaviya", Turkiyadan "Galatasaray", Ukrainadan "Shaxtyor", Norvegiyadan "Budyo-Glimt", Ozarbayjondan "Sabah" va Avstriyadan LASK umumiy bosqichda ishtirok etadi.

Qolgan 4 ta yo‘llanma taqdiri 26 avgust oqshomida hal bo‘ladi.

Kiritildi: 06:58, 26.08.2026.
O'qildi: 1473 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик