Kirish Ro'yxatdan o'tish

Peres «Real» uchun yangi yulduz tanladi

Peres «Real» uchun yangi yulduz tanladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesning shov-shuvli transferini amalga oshirish niyatida. «Qirollik klubi» rahbari argentinalik yulduzning transferini o‘zining prezidentlik kampaniyasining muhim qismiga aylantirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Transfer News Live jurnalist Latigo Serranoga tayangan holda.

Shuningdek, Peres «ko‘klar» xavbekining xarid qilinishini «orzusidagi transfer» deb hisoblashi ta’kidlangan. Enso Fernandesning «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar anchadan beri tarqalib keladi. 25 yoshli futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan, uning transfer bahosi esa Transfermarkt portali tomonidan 90 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 11:26, 16.05.2026.
O'qildi: 4845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик