Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

O‘tkir Yusupov 2400 km masofani mashinada bosib o‘tdi

O‘tkir Yusupov 2400 km masofani mashinada bosib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov Xuzistonidan Turkiyaning Anqara shahrigacha bo‘lgan 2400 kilometr masofani mashinada bosib o‘tdi.

Bunday noodatiy safarga Eron ustidagi havo hududining vaqtincha yopilishi sabab bo‘lgan. Yusupov barcha qiyinchiliklarga qaramay, terma jamoa uchun eng muhim o‘yinni o‘tkazib yubormaslikka qaror qilgan va quruqlik orqali eng tezkor yo‘lni tanlagan. Shundan so‘ng u Anqaradan Istanbulga uchgan va Toshkentga aynan shu shahardan parvozni amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli darvozabon Eronning “Fulad” klubida 2024 yilning iyul oyidan buyon to‘p surmoqda. Bu vaqt ichida u 7 uchrashuvda maydonga tushib, darvozani ishonchli qo‘riqlamoqda. Darvozabon 4 ta gol o‘tkazib yubordi va 4 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Eron uchrashuvi bugun, 10 oktyabr kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 13:01, 10.10.2024.
O'qildi: 7315 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик