Antonio Kassano yomon odatlar haqida gapirdi.
"Men juda omadliman; hayotimda hech qachon yomonlik qilmaganman. Men hech qachon mast bo‘lmaganman, giyohvand moddalarni iste’mol qilmaganman va sigaret chekmaganman. Hech qachon, hech narsani.
Menda bitta illat bor: ochko‘zlik. Men hayvondek yashashim mumkin", dedi "Roma", "Milan" va "Inter"ning sobiq hujumchisi.