«Bryugge» himoyachisi Maksim de Keyper «Milan» futbolchisiga aylanishi mumkin, deya xabar beradi "Tuttosport".
Manbaga ko‘ra, «Milan» texnik direktori Joffre Monkada 23 yoshli belgiyalik himoyachining Italiyaga (2:2) qarshi o‘yindagi o‘yinini kuzatgan.
«Bryugge» futbolchisi shartnoma muddati tugaganidan keyin jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Teo Ernandesga o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.