Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingi tuzildi

Eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilar reytingi tuzildi

Baho:
+1 | -

Forbes sahifalarida 2024 yil uchun dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari reytingi e’lon qilindi.

Birinchi o‘rinni “An-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu egalladi. Portugaliyalikning yillik daromadi 285 million dollar (220 million futbol daromadi, 65 million dollar esa futboldan tashqari daromad).

Ikkinchi o‘rinda "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi joylashgan. Shu bilan birga, argentinalik futbolchi daromad bo‘yicha Ronaldudan ancha ortda qolmoqda, Leoning daromadi 135 million dollarni tashkil etadi (shundan 60 millioni futbol daromadi); Kuchli uchlikni 110 million dollar daromad bilan Neymar yakunlab turibdi.

Kuchli o‘nlikka, shuningdek, Karim Benzema (104 million dollar), Kilian Mbappe (90 million dollar), Erling Xoland (60 million dollar), Vinisius Junior (55 million dollar), Muhammad Saloh (53 million dollar), Sadio Mane (52 million dollar) va Kevin De Bryuyne kiradi (39 million dollar).

Kiritildi: 18:15, 17.10.2024.
O'qildi: 9683 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик