Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

FIDE ukrainalik shaxmatchini diskvalifikasiya qildi

FIDE ukrainalik shaxmatchini diskvalifikasiya qildi

Baho:
+ | -

FIDE'ning axloqiy va intizom komissiyasi aldashda gumon qilinib, Ruminiya bayrog‘i ostida ishtirok etayotgan ukrainalik Kirill Shevchenkoni 2025-yil 1-yanvarga qadar vaqtinchalik diskvalifikasiya qildi.

“Agar keyingi ikki hafta ichida istalgan vaqtda o‘yinchidan bu borada asosli so‘rov kelib tushsa, tashkilot vaqtinchalik diskvalifikasiya haqidagi qarorni qayta ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ladi. Ayni paytda Fair Play komissiyasi tergovni davom ettiradi", — deyiladi xabarda.

O‘tgan yildan beri Ruminiya terma jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan kiyevlik Shevchenko avvalroq Melilyedagi turnirdan chetlatilgan edi.

Grossmeysterga nisbatan shubhalar hojatxonaga tez-tez borganligi sababli paydo bo‘lgan, u yerdagi mobil telefonda shaxsiy yozishmalar bor edi.

Shevchenkoning o‘zi aybini tan olmadi va tashkilotchilarning qaroriga rozi emasligini bildirdi.

Kiritildi: 12:56, 19.10.2024.
O'qildi: 702 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик