“Real Sosyedad” matbuot kotibi Jon Ander Munduate hujumkor yarim himoyachi Arsen Zaxaryan haqida gapirdi.
Xabaringiz bor, yozda olgan jarohati tufayli Zaxaryan hali 2024/2025 yilgi mavsumda maydonga tushmagan.
Shu bilan birga, Zaxaryan yaqinda jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshladi.
"Murabbiylar shtabining fikri futbolchining sog‘ligidagi muammolar tufayli o‘zgarmaydi. Biz uchun Arsen katta istiqbolga ega futbolchi", - deya Munduatening so‘zlarini keltiradi Metaratings.