Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 0-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-0 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Kamoliddin Tojiyev: «Iroqqa g‘alaba uchun keldik»

Kamoliddin Tojiyev: «Iroqqa g‘alaba uchun keldik»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" Elit Chempionlar Ligasi 3-turida 21 oktyabr kuni Iroqning Karbala shahrida "Ash-SHorta" bilan bellashadi. Bugun tashkil etilgan o‘yin oldi matbuot anjumanida murabbiy Kamoliddin Tojiyev ishtirok etdi.

— Iroqqa g‘alaba uchun keldik. Shuni aytamanki, jamoaning OCHLdagi o‘yinlari ancha mazmunli. Umuman olganda bu turnirda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Ertaga ularga muxlislar yordam beradi. Stadion to‘ladi deyishdi. Albatta biz muxlislar uchun chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Tarkib borasida berilgan savolga murabbiy shunday javob berdi.

— Faqatgina Diyor Xolmatov yo‘q. U MTJ yig‘inidan jarohat bilan qaytgan. Qolgan hamma bugun biz bilan.

Raqib jamoa haqida u shunday dedi:

— “An-Nassr” bilan o‘yin shunchaki zo‘r. “Al-Hilol”ga qarshi o‘yin bu futbol. Unda sen ko‘p zarba berasan gol bo‘lmaydi, ba’zan hujum qilmay ko‘p gol urasan.

Murabbiyga Shahzod Azmitdinov hamrohlik qildi.

— Avvalo bizni yaxshi kutib olgan “Ash-SHorta” klubiga rahmat. O‘yinga kelsak, ertaga bizni qiziq bahs kutib turibdi. Ikki jamoa ham dastlabki g‘alaba uchun o‘ynaydi. Biz esa O‘zbekistonda qolgan muxlislarimiz uchun maydonga chiqamiz.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 22:19, 20.10.2024.
O'qildi: 3184 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик