Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shaxmat: hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova AQSH vise-chempioni bo‘ldi

Shaxmat: hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova AQSH vise-chempioni bo‘ldi

Baho:
+ | -

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Sent-Luis shahrida umumiy mukofot jamg‘armasi 152 000 dollarni tashkil qilgan shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida yakuniga yetgan mamlakat chempionatida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova (2374) 11 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, kumush medalni qo‘lga kiritish barobarida 30 ming AQSH dollariga ega chiqdi.

Shiddatli kechgan bahsda amerikalik Karissa Yip (2418) 8,5 ochko bilan AQSHning 2024 yilgi chempioni, Alise Li (2395) 7 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Aytish lozim, okean orti mamlakatida munosib natijaga erishgan Gulruhbegim Tohirjonova AQSH vise-chempioni bo‘lish barobarida ayollar o‘rtasidagi jahon kubogida qatnashish huquqini ham qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqada FIDE reytingida 4-o‘rinda borayotgan Fabiano Karuana AQSH chempionligiga erishdi.

Kiritildi: 11:08, 25.10.2024.
O'qildi: 2530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик