Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

"Manchester Siti" uchun Angliya liga kubogidagi omadsizlik davom etadi

"Manchester Siti" uchun Angliya liga kubogidagi omadsizlik davom etadi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" ketma-ket 4-marta Liga kubogidan muddatidan oldin chiqib ketdi.

Angliya Liga kubogi 1/8 finalida "Tottenxem" o‘z maydonida "Siti"ni 2:1 hisobida mag‘lub etib, bosh murabbiy Pep Gvardiola jamoasiga mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini taqdim etdi. Klub bor-yo‘g‘i bir raunddan so‘ng turnirdan chiqib ketdi.

2023/24 yilgi mavsumda "shaharliklar" kubokning 3-raundila "Nyukasl"ga (0:1) mag‘lub bo‘lishgandi.

2022/23 yilgi mavsumda "Man Siti" chorak finalda "Sautgempton"ga yutqazdi (0:2).

2021/22 yilgi mavsumda turnirdagi bitta g‘alabadan so‘ng 1/8 finalda "Vest Xem" ularni yengdi (0:0, penaltilar bo‘yicha 3:5).

2020/21 yilgi mavsumda klub finalda "Tottenxem"ni mag‘lub etib (1:0) kubokni qo‘lga kiritgandi.

Kiritildi: 05:35, 31.10.2024.
O'qildi: 691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик