"Milan" muxlislari "Monsa" bilan o‘yin vaqtida stadionni tark etishdi.
A Seriyaning 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “rossoneri”lar mehmonda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
1-bo‘lim boshida o‘yinga kelgan milanliklarning aksariyat faol muxlislari tribunani tark etishdi. Stadionda qolishga qaror qilgan muxlislar o‘zlarini darvoza ortidagi sektorning har ikki tomoniga joylashtirishni so‘rashdi.
Calcio e Finanza xabariga ko‘ra, muxlislar o‘yinni tark etgan ultraslarga xayrixohlik belgisi sifatida shunday qarorga kelishgan - 50 ga yaqin odam stadionga kiritilmagan.
Qayd etilishicha, polisiya nazorati tufayli stadion tashqarisida hech qanday hodisa qayd etilmagan.