Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Futbolchilar va agentlar ochko‘zlik tufayli aziyat chekishmoqdami?

Futbolchilar va agentlar ochko‘zlik tufayli aziyat chekishmoqdami?

Baho:
+ | -

«Bavariya» kuzatish kengashining a’zosi Karl-Xayns Rummenigge futbol o‘ynashni yaxshi bilardi. U 2ta «Oltin to‘p» va ko‘pgina sovrinlar sohibi. Keyinchalik Rummenigge menejer maqomida muvaffaqiyat qozondi. Noyerning shartnoma muddati uzaytiriladimi yoki yo‘qligini bilmaydi. Lekin YECHLning avvalgi formatdagi kuzgi bosqichi zerikarli o‘tganligiga ishonchi komil. Shuningdek, talabchan Karl-Xayns mavsumning dolzarb mavzusi - o‘yinlar soniga oid shikoyatlar xususida o‘z nuqtai-nazari bilan o‘rtoqlashdi. Uning fikrlari bilan futbolchi agentlarniki bir-biriga mos kelmayapti. Vaholanki, aynan ularning tashabbusi tufayli tig‘iz taqvim shakllandi. Endi esa tobora ko‘proq maosh talab qilib, klublarni qo‘shimcha daromad olish usulini topishga majbur etishmoqda. Daromad ko‘payishi uchun nima qilish kerak? O‘yinlar sonini oshirish.

Barchaga baravar yoqishning qiyin ekanligi tushunarli. Dalil bilan natija o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q - hamma pul ishlashga hirs qo‘yib, futbolni unutib qo‘ydi. Klublarda shubhali sohiblarning paydo bo‘layotgani ham futbolchilar va agentlarning pulga o‘chligi oqibati. Ibragimovich o‘zining zalda yotgan holati tasvirini chop etdi. Uning agenti bo‘lmish baqaloq Rayola esa hujumchining orqasida turibdi. Zlatan hazillashib, surat ostiga quyidagi izohni yozib qo‘ygandi: «Agenting sendan so‘nggi sentni shilib olmoqchi bo‘lganida».

Biroq har qanday hazilda ham oz bo‘lsada, haqiqat bor. Lekin Rayola Ibragimovichni xafa qilib qo‘ymadi. Zlatanning ov qilish va baliq ovlash uchun olgan oroli bor. Mino Rayola esa Floridada o‘zi uchun 7 mln. yevroga villa sotib olgan. Undan avval o‘sha uyda Al Kapone istiqomat qilgandi. Endi Mino dahshatli gangsterga tenglashib oldi. Sobiq agent Mendeshga Ronaldu orol sovg‘a qilgandi.

Bunday kimsalar sariq chaqa kabi arzimas maoshga ishlayotgan o‘qituvchilar, fermerlar, ofis xizmatchilaridan rahm-shafqat kutadilarmi? Bolalik chog‘idan «Manchester Siti»ga muxlislik qilayotgan tibbiyot hamshirasi 10ta yotoqxonali qasrda yashaydigan qashshoq futbolchiga Gvardiola dam olish imkoniyatini bermagani uchun achinishi kerakmi? O‘sha hamshira De Bryuynening 400 000 funt haftalik ish haqi olishini biladi. Hamshira esa atigi 675 funt uchun ishlaydi, 600 baravar oz. Ochko‘zlik tufayli futbol qimmatlashib ketdi.

Futbolchilar - tashabbussiz multimillionerlar

Ko‘pgina futbolchilar o‘yin saviyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan darajada ish haqi oladilar. «MYU»dan olgan asossiz millionlarni Antoni hech qachon qaytarib bermaydi. Futbol tarixida haddan tashqari ko‘p maosh olayotganligini tan olgan futbolchi yo‘q hisobida. «Bavariya»da ichki mojarolarning asosiy mavzusi - ish haqi. Myunxenliklar Maneni ortiqcha pul bilan zaharlashdi. Nima deyayetganini Rummenigge yaxshi biladi. 100 varaqli klub hisobotini qo‘liga olib, tegishli xulosa chiqarib oladigan futbolchi yo‘q.

«Sadoqati uchun bonus» olishga hamma shay, ko‘proq maydonga tushishni esa, hech kim istamaydi. Jarohatlar faqat o‘yinlar soniga mahkam bog‘lanib olgan emas. Chidamli o‘yinchilarda shikastlanishlar juda kam kuzatiladi.

JCHda 48ta terma jamoa ishtirok etadi, Yevroda anchadan beri 24ta jamoa maydonga tushmoqda, klublar o‘rtasidagi JCHda endi 32ta klub qatnashadi. YECHLda ham qo‘shimcha bellashuvlar paydo bo‘ldi, futbolchilar esa sukut saqlashdi.

O‘yinchilardan dunyoni qutqarish talab etilmaydi, ular futbol maydonida tashabbus ko‘rsatsalar, bas. Ikki nafar janjalkash tufayli son-sanoqsiz muammolar yuzaga keldi. Tartibsizlik xuddi yovvoyi o‘tlardek tobora kengayib bormoqda. Bularga tekin daromadga ega bo‘lish istagi sababchi. Mana, Angliya terma jamoasini Tuxelga topshirishdi. Muxlislar mahalliy murabbiylarni nemislardek malakali bo‘la olishmaganidan xafalar, talabga javob bera oladigan navqiron kadrlar yo‘q.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, tajribali, lekin puli yo‘q murabbiylar ham, uzoq yillardan beri murabbiylik kurslariga kira olmayotgan sobiq futbolchilar ham yetarli ekan. Lekin UYEFA lisenziyasi bo‘lmagani uchun ular professional klublarda ishlay olmaydilar.

Bundan tashqari, 20 nafar malakali murabbiyni tarbiyalash sobiq o‘yinchilarga beriladigan millionlarga nisbatan ancha arzonga tushadi.

Ish haqi miqdorini  belgilash va transferlar tizimini isloh etish  lozim

Futbol biznesiga putur yetkazmaslik uchun, xususiy kompaniya oshirish mumkin bo‘lmagan eng yuqori ish haqi miqdorini belgilash huquqiga ega. Agar jamoa muvaffaqiyatli o‘ynab, daromadlari ko‘paygan taqdirda, maoshni oshirish mumkin. Sohada ish haqi natijaga bog‘liq bo‘lsa, juda yaxshi bo‘lardi. «Barselona»ning bosslari jamoaning shunchaki, ikkala oyog‘iga emas, yuragiga o‘q uzishdi. Endi jahon chempio­ni bo‘lmish Flik yordamida klubni tiklashga urinishmoqda. Lekin murabbiy har narsaga qodir inson emas. «PSJ», «Manchester Siti» va «Chelsi»dagi holat ham shunga o‘xshash. Maoshlar va transferlarga sarflanayotgan mablag‘lar real daromadlar hajmiga mos emas. Klublar ishonchsiz kishilar tasarrufida. 

FIFA, UYEFA boshqaruvida yoki agentlik rolida normal kishilarni ko‘rish juda qiyin. Ikkiyuzlamachilik siyosatda muvaffaqiyat keltirishi mumkin, lekin futbolda faqat zarar keltiradi. Dembele «Barsa»ning unga sarflagan harajatlarini oqlay olmadi, Neymar esa Parijdagi qatarlik shayxlar bergan pullarni hisobga olmaganda, 222 mln. yevroga arzimaydi. Messiga berilgan maoshlar butun Ispaniya bartaraf etishga urinayotgan moliyaviy inqirozning sabablaridan biri.

Futbol noshud sohiblar qo‘lidagi o‘yinchoq emas, chinakam biznesga aylanishi lozim. UYEFA va FIFA maoshlar va transferlarga oid yangi qoidalarni tasdiqlamaganliklari uchun «sovg‘alar» olishganini 10 yillardan keyin bilib olishimiz mumkin. Norozi ekanliklarini izhor etish uchun futbolchilarda minglab dastaklar bo‘lsada, ular hamon sukut saqlashmoqda.

Agar o‘yinlar soni ko‘pa­yib ketgani yoqmayotgan bo‘lsa, dam olishga izn so‘rang. Biroq xudbinlik bunga imkon bermaydi. Hatto pandemiya davrida ham ko‘pchilik futbolchilar maoshlarining kamayishiga istar-istamas rozi bo‘lishdi. Taqvim insondagi bebaqolik xislatini inobatga olishi lozim.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:33, 09.11.2024.
O'qildi: 1094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.