Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Vitaliy Lechenko: «Men «Neftchi» bilan OCHLda qatnashishni istardim»

Vitaliy Lechenko: «Men «Neftchi» bilan OCHLda qatnashishni istardim»

Baho:
+ | -

Superligada 24-tur bahslari davom ettirildi. «Neftchi» jamoasi bu tur safarda «Surxon» bilan kuch sinashdi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Vaziyatlardan foydalanilmagan o‘yin. Chunki birinchi taymdagi imkoniyatlarimizdan foydalana olganimizda o‘ylaymanki, o‘yin sur’ati boshqacha tus olardi va barchasi boshqacha bo‘lardi. Bunday vaziyatlarda qanday qilib gol urmaslik mumkin?! Tushunmayman! Qanday qilib darvozaga to‘p kirmadi? Bahs ko‘proq pozision o‘yinga aylandi. Kurashlarga boy o‘tdi va g‘alaba qozonishga xohish ko‘proq bo‘ldi. Lekin g‘alaba qozonishga ozgina yetmadi.

— Chempionat tugashiga ikkita tur qoldi. «Neftchi»ning sovrinli o‘rinlar uchun qanday imkoniyati bor?

— Biz kurashyapmiz. Qo‘limizni tushirganimiz yo‘q. Har bir tur, har bir ochko oltinga teng. G‘alabalar turnir jadvalidagi holatni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Biz kurashamiz. Boshimizni egmaymiz, keyingi uchrashuvga tayyorlanamiz va g‘alaba uchun o‘ynaymiz.

— Klubga chempionlik uchun kurashda nima yetishmadi?

— Chempionlikka kurashish uchun hamma narsa Shveysariya soatidek ishlash kerak. Hammasi aniq ishlashi lozim. Tizim bo‘lishi, har bir odam o‘zi uchun javob berishi va albatta hammasi barqaror bo‘lishi darkor. Shunda bir narsa deyishim mumkin. Unday emas ekan, biror nima deya olmayman. Biz kurashyapmiz, deyishim mumkin.

— «Surxon»da ham, «Neftchi»da ham vaziyatlardan foydalanishda muammolar bor. Umuman, «Neftchi» hujumda zo‘r o‘ynaydi. Buni statistikada ham ko‘rsa bo‘ladi. Nsungusining yo‘qligi bugungi natijaga, o‘yinga ta’sir qildimi?

— Jamoaning natijasiga bog‘liq emas. Lekin u jangovar hujumchilardan biri. Jamoaviy o‘yin qurishda u ahamiyatli rolga ega. Ammo har qanday futbolchining yo‘qotilishi o‘z so‘zini aytadi. Aynan bugun u bizga yetishmadi, balki. Uning o‘rniga maydonga tushgan yigitlarga ishongandik va bor mahorati hamda kuchini beradi, deb o‘ylagandik. Kerakli natijaga erishishni ko‘zlagandik.

— Bizdagi ma’lumotga qaraganda, sizga Superligani bir nechta klublari qiziqishmoqda. Keyingi yili «Neftchi»da qolishingizga qanday qaraysiz?

— Juda qiziq savollar beryapsiz. Takrorlayman, men o‘z ishimni qilmoqdaman. Bundan rozilar bor va rozi bo‘lmaganlar ham bor. Jamiyatlar bor, kimgadir nimadir yoqadi, nimadir yoqmaydi. Men hammasiga tayyorman. Chunki men bu sohada yangi odam emasman, to‘g‘ri tushunaman. Har bir kursi qimirlaydi. O‘rningdan turib javob bersang o‘rningni yo‘qotasan. Shu bois jamoani o‘tirib boshqaraman (kuladi).

— Chempionat tugashiga bir oy qoldi...
— Bir oy emas, ikkita o‘yin qoldi. Oldinda FIFA kunlari bor. Qaysidir jamoalar tanaffusga chiqadi, qaysidir jamoalar tayyorgarlikka kirishishadi. Yana qaysidir o‘yinchilar terma jamoalarga chaqiriladi. Bizning vazifamiz yaxshi tayyorgarlik ko‘rish va chempionatni munosib tugatish. Qo‘limizni tushirmaymiz va kelajakka optimal ravishda qaraymiz.

— «Andijon»ning sizga qiziqayotgani rostmi? «Istiqlol» klubi bilan Osiyo Chempionlar ligasida yaxshi ishlaganingizni bilamiz. U yerga qaytishni xohlaysizmi?

— «Istiqlol»gami? Ular qaytishimni xohlashyapti (kuladi). Albatta, har bir sportchi va murabbiyning maqsadlari bor. Hamma OCHLda o‘ynashni istaydi. Men «Neftchi» bilan u yerda bo‘lishni xohlardim. Lekin afsus bunday bo‘lmadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 07:11, 10.11.2024.
O'qildi: 1182 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.