"Inter" yarim himoyachisi Xoqon Chalxanoglu "Napoli"ga qarshi o‘yin (1:1) haqida fikr bildirdi.
Aynan turkiyalik futbolchi A Seriyaning 12-turi markaziy o‘yinida “neradzurrilar” safida yagona gol muallifi bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda yarim himoyachi dubl qayd etishi mumkin edi, ammo penaltini golga aylantira olmadi.
"Biz ustunlik qildik va ko‘proq narsaga loyiq edik. Omad kulib boqmadi va penaltini amalga oshira olmaganimdan afsusdaman. Ertami-kechmi bu sodir bo‘lishi kerak edi, lekin bugun bo‘lishini xohlamadim.
Raqobatchilarimiz kuchayishdi, har bir jamoada yaxshi o‘yinchilar ko‘p, lekin oldinda uzoq mavsum bor. Chorshanba kuni "Arsenal"ga qarshi o‘yindan so‘ng yakshanba kuni "Napoli"ga qarshi o‘ynash oson emas", - deydi futbolchi.