Kirish Ro'yxatdan o'tish

Nagelsmann: "Men bu vaziyatni qanchalik xotirjamlik bilan hal qilganim uchun o‘zimni maqtashim kerak"

Nagelsmann: "Men bu vaziyatni qanchalik xotirjamlik bilan hal qilganim uchun o‘zimni maqtashim kerak"

Baho:
+ | -

Yulian Nagelsmann Ispaniya bilan o‘yindagi shov-shuvli epizod haqida gapirdi.

Yevro-2024 chorak finalidan o‘rin olgan Ispaniya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda bosh hakam Entoni Teylor 106-daqiqada Jamol Musialaning zarbasidan so‘ng Mark Kukurelyaning qo‘liga to‘p tekkani uchun nemis jamoasiga foydasiga penalti belgilamadi. VAR epizodga aralashmadi. O‘yin Ispaniyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Keyinroq UYEFA hakamlar qo‘mitasi Teylor ushbu epizodda penalti belgilamay, xato qilganini tan oldi.

"Men bu vaziyatni qanchalik xotirjamlik bilan hal qilganim uchun o‘zimni maqtashim kerak. Bu menga juda xos emas.

Men hozir bu haqda ko‘p o‘ylamayman, chunki endi unga ta’sir qila olmayman. Nega hakam takroriy o‘yinni ko‘rmaganini haligacha tushunmayapman", - dedi Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Kiritildi: 21:34, 11.11.2024.
O'qildi: 735 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик