Polvonlarimiz jahon chempionatida yetakchilik qilishmoqda.
10–16-noyabr kunlari Rossiya Federasiyasining Qozon shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etayotgan jahon chempionati musobaqasining kattalar o‘rtasida belbog‘li kurashning erkin va klassik yo‘nalishida ishtirok etgan O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush, 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, 13-noyabr kuni U-17 o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati bellashuvlarida Baxtiyor Turg‘unpo‘latov bosh murabbiyligidagi yosh polvonlarimiz 10 ta oltin, 4 ta kumush, 11 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.